Davlat xaridini tashkil etish modellari


-chizma Tenderlarni tashkil etish tamoyillari


Download 208.8 Kb.
bet6/7
Sana16.04.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1360454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Davlat xaridini tashkil etish modellari (1)

4-chizma


Tenderlarni tashkil etish tamoyillari14

Tenderlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari



OSHKORALIK

OBYEKTIVLIK

TENGLIK

USTUVORLIK

(mahalliy










korxonalarga)

Shartnoma ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar bо‘yicha tо‘lovlar g‘aznachilik organlarida rо‘yxatdan о‘tgandan sо‘ng amalga oshiriladi (5-bobga qaralsin).




4.6 Davlat xaridining nazorat tizimi
Davlat xaridinng nazorat tizimi – о‘z ichiga birlamchi, joriy va sо‘nggi nazoratni oladi.
Dastlabki nazorat: xarajatlar smetasini rо‘yxatdan о‘tkazish jarayonida moliya organlari tomonidan; byudjetdan mablag‘ oluvchilarning yuridik majburiyatlarini rо‘yxatdan о‘tkazishi jarayonidan – g‘aznachilik bо‘linmalari tomonidan; tanlov hujjatlarini ekspertizadan о‘tkazishda Davarxitekqurilish tomonidan; investitsiya loyihalari uchun loyihalarni tanlab olishda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Joriy nazorat: import shartnomalarini tuzishda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi tomonidan; shartnomalarni rо‘yxatdan о‘tkazishda g‘aznachilik organlari tomonidan; tanlovni tashkil etishdan obyektni ishga tushirishgacha bо‘lgan muddatlarda Davarxitekqurilish tomonidan amalga oshiriladi.
Sо‘ngi nazorat: Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi; Prokuratura; Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida narxlar monitoringining tashkil etilishi. Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni tо‘liq joriy qilishni taqozo etadi. YA’ni, byudjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) tо‘g‘risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan sо‘ng, shartnomani akseptlaydi (imzolaydi) va g‘aznachilik bо‘limidan rо‘yxatdan о‘tkazish uchun taqdim etadi.

Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun, shartnomaning rо‘yxatdan о‘tkazilishi talab qilinadi.


G‘aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval, dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bо‘lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.
Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bо‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar narxi) muqobil yetkazib beruvchilar baholari bilan taqqoslanadi. Muqobil yetkazib beruvchilar tо‘g‘risida ma’lumot tо‘plashning turli usullari mavjud. Masalan, tovar xom ashyo birjalari, bozorlardan ma’lumotnomalar, raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish, ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin.
Bitta shartnoma bо‘yicha 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam summaga tovar yetkazib berilishi bо‘yicha shartnomalarni tuzish, 2009 yil 16 sentabrda rо‘yxatgan olingan 2007-sonli “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari”ga asosan tartibga solinadi.
О‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan, ishlab chiqaruvchining о‘zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa, bevosita import qiluvchidan tovarlarni yuqori baholarda xarid qilishni oldini oladi.
Hozirgi kunda moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi bо‘lib, Vazirlar Mahkamasining: 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini о‘tkazish tо‘g‘risidagi Nizom”, 2000 yil 5 avgustdagi 305-sonli “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori; 2003 yil 3 iyuldagi 302-sonli “О‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda konkurs savdolari tо‘g‘risida”gi qarori (va ushbu qarorning ilovasi) hamda Moliya vazirligining tegishli buyruqlari asos bо‘lib hisoblanadi.
Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini о‘tkazish tо‘g‘risidagi Nizom (21.11.2000y 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan) davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag‘lari, Hukumat kafolati bо‘yicha olingan xorijiy kreditlar, Jahon banki guruhi, YETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki, "KfW" banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag‘lari evaziga import qilingan, yoki О‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish bо‘yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab beradi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha tartib belgilangan bо‘lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bо‘lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi qо‘llanilmaydi
Tenderlarni о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad – bu, davlat byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag‘lari foydalanish samaradorligin orttirish va sotib olinayotgan xom ashyolar, materiallarning sifat darajasini orttirishdan iborat (5-chizma).
5-chizma



Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling