Davlat xaridini tashkil etish modellari


Investitsion loyihalarni tanlab olish bosqichlari


Download 208.8 Kb.
bet4/7
Sana16.04.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1360454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Davlat xaridini tashkil etish modellari (1)

Investitsion loyihalarni tanlab olish bosqichlari













1-bosqich

2-bosqich

umumiy mezonlar

ustuvorlilik

uch yil muddatga




mezonlari

iqtisodiyotda tarkibiy







о‘zgarishlarni amalga







oshirish prognozlarini







inobatga oluvchi mezonlar










loyihani amalga

loyihani sohani

soha(hudud)ni istiqbolda

oshirishning maqsadga

rivojlantirish

о‘sishining prognoz darajasi

muvofiqligi

strategiyasiga mosligi













moliyaviy va iqtisodiy

moliyaviy va iqtisodiy

eksport salohiyati

samaradorligi

samaradorligi

о‘sishining prognoz darajasi










ishlab chiqarish va

mahalliy xom-ashyo va

sohani О‘zbekiston

ijtimoiy nuqtai

butlovchi qismlardan

Respublikasining

nazardan loyihani

foydalanish darajasi

makroiqtisodiy

amalga oshirish




kо‘rsatkichlariga ta’siri

mumkinligi va







imkoniyati
















sohani rivojlan

tayyor

tarkibiy о‘zgarishni amalga

tirishning strategik

mutaxassislarning

oshiruvchi omillar

vazifalariga mosligi

mavjudligi
















loyihani amalga

oldin amalga oshirilgan




oshirishga tayyorlik

investitsiyalarning




darajasi

samaradorligi













ishga tushirilgandan

asosiy fondlar holati va




sо‘ng ekspluatatsiya

quvvatlaridan foydalanish




xarajatlar miqdori

darajasi
















loyihaning ijtimoiy







ahamiyati










Investitsion dasturning idarolararo kelishuv asosida tashkil etilishi, tanlovda yо‘l qо‘yiladigan subyektiv yondashuvni ancha pasaytirsada, uni butunlay bartaraf eta olmaydi. Jumladan, investitsion dasturni ishlab chiqish chizmasiga binoan, unga sо‘ngi tuzatish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleks(bо‘lim)lari tomonidan berilgan taklif asosida amalga oshiriladi. Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 sentabr 2003 yildagi 395-sonli qarorining 4-ilovasi, О‘zbekiston Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish tartibi tо‘g‘risidagi yо‘riqnomaga asosan kiritilishi mumkin bо‘lgan tuzatishlar chegarasini, masalan, boshqa idoralar tomonidan dasturdan chiqarib tashlangan loyihalarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaytadan dasturga kiritish mumkinligi, loyiha qiymatini yoki boshqa kо‘rsatkichlarini о‘zgartirish kiritish imkoniyatlarini aniq belgilab bermaydi.


4.4 Davlat xaridining tashkiliy shakllari
О‘zbekiston Respublikasida xaridni tashkiliy shakllari Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli, tovar yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda, mamlakatimiz korxonalarini, kichik biznes subyektlarini tender savdolarida jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan qarori bilan belgilanadi.
Xaridning tashkiliy shakllari sotib olish jarayoni va mol yetkazib beruvchini (xizmat kо‘rsatuvchini) tanlash, davlat sotib oluvchi organi tomonidan, quyidagi (3-chizmaga qarang) yо‘llar bilan mustaqil amalga oshiriladi:

  • tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shartnomalar tuzish;

  • yarmarka va birja savdolarida;

  • ochiq va yopiq tenderlar orqali.

3-chizma


Davlat xaridining tashkiliy shakllari
О‘tkazish usullariga kо‘ra tenderlar ochiq yoki yopiq bо‘lishi mumkin.

Tender turi buyurtmachi tomonidan belgilanadi





ochiq tenderlarda,

yopiq tenderlar

mulkchilik

istisno hollarda

shakllaridan qat’i

VMning tegishli

nazar, barcha yuridik

komplekslari bilan

shaxslar qatnashishi

kelishgan holda,

mumkin

buyurtmachi oldindan




belgilab qо‘ygan




tashkilotlar




ishtirokida




о‘tkaziladi, bu




tashkilotlarga




taklifnomalar




jо‘natiladi

Quyidagilar tender savdolarini о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad hisoblanadi:



  • xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yо‘naltiriladigan davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish.

Yuqoridagi qarorga muvofiq tender savdolari 100 ming AQSH dollariga teng miqdordan ortiq bitta shartnoma bо‘yicha tovarlar yetkazib berishni amalga oshirishda о‘tkaziladi.
Qiymati 100 ming AQSH dollariga teng miqdordan kam bо‘lgan bitta shartnoma bо‘yicha tovarlar yetkazib berishni amalga oshirishda, xaridlar eng yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi11.
Quyidagi hollarda tender(tanlov) о‘tkazmasdan tovar yetkazib beruvchilar (bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar tuzilishi mumkin:

  1. tovarlar yetkazib berish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati sohasiga tegishli bо‘lganda;

  2. tovarlar birja orqali xarid qilinganda;

  3. shartnoma tuzish vaqtida eng kam ish haqining о‘n baravaridan oshmagan summada tovarlar sotib olinganda;

  4. tarix va madaniyat yodgorliklari sifatida davlat muhofazasiga olingan hamda davlat muzey, kutubxona, arxiv fondlarini, kino-foto-fondini va boshqa shunga о‘xshash fondlarni tо‘ldirish uchun mо‘ljallangan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniyat ahamiyatiga molik madaniy boyliklar (sur’atlar, haykallar, adabiy asarlar va boshqalar), shu jumladan, muzey predmetlari va muzey tо‘plamlari, shuningdek, nodir va qimmatli nashrlar hamda qо‘lyozmalar, arxiv hujjatlari, jumladan, ularning nusxalarini yetkazib berishni amalga oshirganda;

  5. tovarlarni sotishga alohida huquqi bо‘lgan faqat bitta yetkazib beruvchidan tovarlar xarid qilish mumkin bо‘lganda;

  6. tuzilgan shartnomaning shartlari dastlabki shartnoma umumiy summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng qо‘shimcha ishlarni bajarish maqsadida о‘zgarganda;

  7. bajarish yoki xizmat kо‘rsatishni amalga oshirish faqat davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan yoki ularga bо‘ysunuvchi davlat muassasalari va korxonalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq mumkin bо‘lgan ishlar yoki xizmatlarga ehtiyoj tug‘ilganda;

  1. yengib bо‘lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar, avariyalar va hokazolar) oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun zarur bо‘lgan muayyan tovarlarga tezkor ehtiyoj tug‘ilganda, buning natijasida vaqtning yо‘qotilishi talab qilinadigan boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bо‘yicha);

  2. yetkazib beruvchilarning yoki shartnomada ularning manfaatdorligi yо‘qligi sababli buyurtmachi tomonidan tender (tanlov) bо‘lib о‘tmagan deb hisoblash natijasida; agar buyurtmachi uzoq tumanlarda joylashgan bо‘lsa, buyurtmachining faoliyat kо‘rsatish hududida va yaqin joylashgan tumanlarda faqat bitta yetkazib beruvchi mavjud bо‘lsa; shuningdek, boshqa joylardan narx kotirovkalarini olish hech qanday foyda olish yoki iqtisod qilish aniqlanganda; transport xarajatlari uchun narxlar oshib ketishiga olib kelganda. Bunda yagona yetkazib beruvchiga buyurtmalarni joylashtirish tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi

  3. Yengib bо‘lmas kuchlar oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki shartnomada ularning manfaatdorligi yо‘qligi sababli tenderni bо‘lib о‘tmagan deb hisoblash natijasida, buyurtmachi tender о‘tkazmasdan yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish tо‘g‘risidagi qarorni kelishish uchun tegishli moliya organlariga yozma murojaat yuboradi.

Yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish tо‘g‘risidagi qarorning kelishish muddati, tegishli moliya organiga kelishish tо‘g‘risida murojaat kelib tushgan kundan boshlab, о‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
Buyurtmachi tomonidan tender bо‘lib о‘tmagan deb hisoblash natijasida yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish tо‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda uni kelishish uchun tegishli moliya organiga murojaatdan tashqari, tender bо‘lib о‘tmagan deb hisoblash tо‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari ham taqdim qilinadi.
Bunda shartnoma yagona yetkazib beruvchi bilan faqat tender hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda tuzilishi mumkin, tuzilgan shartnoma bahosi tender о‘tkazish tо‘g‘risidagi xabarnomada kо‘rsatilgan shartnomaning dastlabki bahosidan oshmasligi kerak13.
Tender bо‘yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar sо‘mlarda amalga oshiriladi.
Qarorlarni oshkora va xolisona qabul qilish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) uchun ustuvorlikni saqlagan holda tender qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish tenderlar о‘tkazishni tashkil etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Tender savdolari xaridlarning faqat manbalari mavjudligi va mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlari tо‘g‘risida tasdiqnomalar (moliya organlari yoki byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tasarruf etuvchilarning bildirish xati, xorijiy kreditorlar bilan hukumat kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar berish tо‘g‘risidagi bildirish xati va boshqalar) mavjud bо‘lgan hajmi bо‘yicha e’lon qilinishi mumkin.

Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling