Davlat xaridini tashkil etish modellari


Byudjetni shakllantirish mezonlari. Chegaralovchi omil


Download 208.8 Kb.
bet2/7
Sana16.04.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1360454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Davlat xaridini tashkil etish modellari (1)

4.2 Byudjetni shakllantirish mezonlari. Chegaralovchi omil.
Byudjetni shakllantirishda asosiy mezon bо‘lib, byudjetning eng yuqori imkoniyatlarini aniqlash, ya’ni tovar va xizmatlarga bо‘lgan aniq talabni inobatga olmasdan, xarajatlarning yuqori limitini belgilashdir. Boshqacha qilib aytganda, ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar real ehtiyojlarga nisbatan yetarli miqdorda emas. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, moliya yili oxirida yuzaga keladigan profitsit davlat organlarining moliyaviy ehtiyojlarini tо‘la qondirilganligini va ushbu resurslar ortiqchaligini bildirmaydi.
Davlat xaridini rejalashtirish mamlakat byudjetini tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi (investitsion dasturni tayyorlash jarayoni bundan mustasno bо‘lib, u Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning 12 sentabrida 395-sonli qaroriga asosan tayyorlanadi). Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va xizmatlar, davlat organlari hamda tashkilotlarining xarajatlar bо‘limlarida mos ravishda aks ettiriladi. Ushbu xarajatlar va ular uchun zaruriy moliyaviy manbalar choraklar bо‘yicha taqsimlangan holda rejalashtiriladi.
Byudjetni shakllantirish pastdan-yuqoriga, ya’ni tumandan respublika darajasiga byudjet sо‘rovnomalarini taqdim etish(tuzish) va uni umumlashtirish orqali birlamchi byudjet loyihasini tuzish bilan amalga oshiriladi. Shundan sо‘ng byudjet loyihasini tuzishda chegaralovchi omillar qо‘llaniladi. Eng asosiy chegaralovchi omil – kelgusi yil uchun davlatning iqtisodiyotga xarajatlarining makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari va davlat byudjeti daromadlari prognozining sо‘ralgan xarajat moddalarini moliyaviy ta’minlash imkoniyatlari hisoblanadi

Ma’lumki, ushbu mezonlarning qо‘llanilishi, byudjet loyihasida xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan sezilarli tuzatish kiritishga olib keladi. Bunday qisqartirish xarajatlarni maqsadga muvofiqligini baholash orqali amalga oshiriladi:



  • davlat byudjetining xarajatlar qismida u yoki bu moddalarni saqlab qolish;

  • u yoki bu xarajat moddalarini sо‘ralgan hajmlarda moliyalashtirish, hamda boshqa mezonlar.

Xarajatlarni qisqartirish, birinchi navbatda, quyidagi yо‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • о‘tgan yildan qolgan va tо‘la tugallanmagan hamda kelgusi moliya yilida davlat ustuvor yо‘nalishlar dasturida bо‘lmagan loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish;

  • har yil uchun tuziladigan davlat ustuvor dasturiga kirmaydigan yangi loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish;

  • xarajat moddalarining tarkibiga tegmagan holda, uning umumiy summasini qisqartirish (smeta “tomini” pasaytirish).

Davlat xaridini samarali bо‘lishini ta’minlash nuqtai nazaridan, davlat xarajatlarini qisqartirishning kо‘rib о‘tilgan dastlabki ikki usuli katta salbiy tusga ega. Chunki ustuvor yо‘nalishlarning о‘zgarishi va natijada loyihani tо‘la moliyalashtirmaslik, uning sifatli bajarilishiga, yoki loyiha oldiga quyilgan maqsadlarga erishilmasligiga olib keladi. Bu о‘z navbatida, oldin amalga oshirilgan xarajatlarning natijasiz va foydasiz ekanligini bildiradi.
Xarajatlarni qisqartirishning sо‘ngi usulini qо‘llashda esa, xarajatlar rejasini tuzish paytida loyihadan voz kechish va bо‘shagan mablag‘larni boshqa samarali yо‘nalishlarda sarflash maqsadga muvofiq bо‘lardi.
Davlat xaridini rejalashtirishdagi mavjud muammolarning sabablari quyidagilardir:

  • byudjet tizimining takomillashmaganligi – byudjetni shakllantirish faqat bir yil chegarasida bо‘lib, unda о‘tgan yil byudjetida kо‘zda tutilgan va tugallanmagan loyihalarni moliyalashtirish majburiyati kо‘rsatilmaydi;

  • davlat byudjetini shakllantirishning uslubiy asoslarining yetarli darajada takomillashmaganligi, ya’ni daromad va xarajat moddalarini rejalashtirish sifatining past darajada ekanligi;

  • davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish uslubiyotining mavjud emasligi va boshqalar.

Tumanlar darajasidan boshlab, xarajatlar smetasi hajmini sun’iy yuqori darajada tuzish riskining mavjudligi, kо‘zlanayotgan xarajat maqsadlarini kо‘rsatishning sifat darajasining pastligi, shuningdek, smetani tо‘g‘riligini va kо‘rsatilgan xarajatlarni asoslanganligini obyektiv tarzda tekshirish usulining yetishmasligi kabi holatlar, byudjetni shakllantirishda meyoriy-xarajat usulidan foydalanishga majbur etadi. Ushbu usulni qо‘llashning salbiy jihati shundaki, u xarajat yoki loyihani о‘ziga xosligi, sharoitlarini (masalan, kо‘pchilik hollarda
ayrim loyihalar obyektiv tarzda meyorda kо‘zda tutilgandan ortiq mablag‘lar talab etishi mumkin) inobatga olmaydi. Natijada, ushbu holat davlat organlari faoliyatini yetarli darajada moliyalashtirilmay qolishiga, ular faoliyatini va vazifalarini bajarish uchun zaruriy moddiy qiymatliklarni yetarli miqdorda xarid etilmasligiga olib kelishi mumkin.

Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling