Davlat xaridini tashkil etish modellari


Investitsion dasturni tayyorlash doirasida davlat xaridini rejalashtirish


Download 208.8 Kb.
bet3/7
Sana16.04.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1360454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Davlat xaridini tashkil etish modellari (1)

4.3 Investitsion dasturni tayyorlash doirasida davlat xaridini rejalashtirish.
Davlat investitsion dasturini shakllantirish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentabrdagi 395-sonli qarori bilan belgilanadi.
Mazkur yо‘riqnomaga asosan manzilli dasturni tuzish jarayoni har bir loyiha bо‘yicha tо‘la ma’lumot tayyorlash, loyihalarni ustuvorligi bо‘yicha tanlash va rо‘yxatini shakllantirishni о‘z ichiga oladi. Har bir loyiha (loyihalar guruhi) bо‘yicha ma’lumotlar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va boshqa hujjatlar bilan bir qatorda, loyiha pasporti taqdim etiladi. Loyiha pasportida quyidagi ma’lumotlar о‘z aksini topadi:

  • loyihaning texnik tavsifi;

  • atrof-muhitga ta’siri;

  • ijtimoiy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan amalga oshirish imkoniyati, samaraligini baholash, tashkiliy tadbirlar miqyosi;

  • mahsulotga talabning hajmi va xarakteri;

  • muqobil yechimlarning mavjudligi, jumladan, mavjud korxonalarni qayta tiklash;

  • asosiy material va ishchi kuchi resurslarining yetarliligi;

  • investitsion xarajatlarni amalga oshirish tartibi.

Loyihani tanlab olish quyidagi 2-jadvalda kо‘rsatilganidek, ikki bosqichda amalga oshiriladi:
ma’lum hudud yoki sohani rivojlantirish ustuvorligidan kelib chiqib, loyihani birlamchi baholash;

  • hudud yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirish ustuvorligidan loyihani tanlash.

Bu yerda shuni nazarda tutish lozimki:

  • loyihani investitsion dasturga kiritiladigan ma’lumotlarni tayyorlash uchun har bir bо‘lim bо‘yicha aniq va oydin talabni aks ettiradigan uslubiyotini yetishmasligi sababli, turli xil buyurtmachilar tomonidan tayyorlangan loyihalar - ma’lumotlar mazmuni, aks ettirish formati, sifati va obyektivligi bilan bir- biridan farq qilishi mumkin;

  • loyihalarni baholash uslubiyotining mavjud emasligi, investitsion dasturga kiritish taklif etilgan loyihani tahlil etish sifatini inson omiliga (tajriba, kо‘nikma, tahliliy qobiliyat, xolis yondashuv, vijdonan ishlashga motivatsiyaning mavjudligi kabi) qaram qilib qо‘yadi;

  • loyihalarni tanlashning barcha mezonlari (moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik kо‘rsatkichlari bundan mustasno) va ularni amalda qо‘llash subyektiv hamda baholash natijalari turlichadir; ushbu mezonlarni qо‘llash natijasida turli xildagi xulosalarga kelish mumkin, ya’ni kо‘rilayotgan loyihani investitsion dasturga kiritish ham, kiritmaslik ham mumkin.

Umumlashtiradigan bо‘lsak, ushbu omillar investitsion dasturga kiritish uchun taqdim etilgan har qanday loyihani uni kо‘rib chiqayotgan mutaxassis (idora)ning fikriga kо‘ra ijobiy yoki salbiy baholanishi uchun teng imkoniyatga ega.







2-jadval


Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling