I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
316
317
uchinchisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin 
iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish 
masalalari kompleksi;
to‘rtinchisi — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, 
mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani 
qayta ishlash sanoatini va engil sanoatni rivojlantirish
mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi;
beshinchisi - Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, 
kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari 
kompleksi;
oltinchisi - Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-
ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi;
ettinchisi - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport 
va turizm masalalari kompleksi;
sakkizinchisi - O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish va mamlakatni izchil ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish talablariga muvofiq, shuningdek, ishlarning 
samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, ijro intizomini 
mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining o‘rinbosarlari va Hukumat apparati tarkibiy 
bo‘linmalari 
rahbarlarining 
shaxsiy 
mas’uliyatini 
kuchaytirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Bu jarayonda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga 
kiruvchi vazirliklar va davlat qo‘mitalari ham mos ravishda 
isloh etib borilmoqda. Masalan, 2017-yil 29-noyabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmoni va boshqalar.
2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 
umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan 
qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi 
bildirilgan taqdirda.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga 
sabab bo‘ladi.
Har bir davlat ijro etuvchi hokimiyat tizimini yaratishda, 
xususan, Hukumatni tashkil etishda uning optimal modelini 
ham tashkiliy jihatdan ham huquqiy jihatdan ta’minlashda 
qator omillarga tayanishi tabiiy. Bunda asosiy maqsad 
davlatning yaqin va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan 
vazifalarni bajarishga qodir va mos tarkibni shakllantirish 
hamda ular o‘rtasida ustuvor vazifalarni taqsimlash muhim.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
umumiy rahbarlikni amalga oshirish bilan bir qatorda bevosita 
elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini 
rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash hamda 
madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
ishining hajmi va ko‘lamidan kelib chiqqan holda sakkiz nafar 
o‘rinbosarlari bir qator komplekslarga rahbarlik qilishadi.
Bular quyidagilar:
birinchisi - Hududlarni kompleks rivojlantirish va 
kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, 
transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari 
kompleksi;
ikkinchisi - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish
moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va 
kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling