I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
332 333 farmoyishlar Prezident yoki Bosh vazirning topshirig‘iga binoan matbuotda e’lon qilinadi, televidenie va radio orqali eshittiriladi. Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsini shаkllаntirish tаrtibi vа аsоslаrini yoritib bеring. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining kоnstitutsiyaviy-huquqiy mаqоmini qоnunchilik dоirаsidа bаtаfsil yoritib bеring. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining shаkllаnish tаrtibi vа huquqiy аsоslаri hаqidа gаpirib bеring. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining аsоsiy vаzifаlаrining mаzmun-mоhiyatini аtrоflichа muhоkаmа qilib bеring. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа Bоsh vаzirni vаzifаsidаn оzоd qilish tаrtibini qоnunchilik dоirаsidа bаtаfsil yoritib bеring. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа Bоsh vаzirgа ishоnchsizlik vоtumini bildirish tаrtibining mаzmun-mоhiyatini bаtаfsil yoritib bеring. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilish huquqiga ega. Ushbu majlislarda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ular imzolangan sana bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tuziladigan jo‘natish ro‘yxati bo‘yicha darhol ijrochilarga yuboriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) majburiy tartibda belgilangan tartibda rasmiy e’lon qilish hamda ijrochilarga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qog‘oz va elektron shaklda yuboriladi. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamida va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi. Normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlar, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur bo‘lganda qarorlar va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling