I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
328 329 O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi, zarur bo‘lgan taqdirda esa boshqa ommaviy axborot vositalari orqali ham keng omma e’tiboriga yetkaziladi. Har qanday markaziy davlat organi singari Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti” qabul qilingan, unda bir qator muhim masalalar bilan birga Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil etish tartib- qoidalari va taomillari belgilangan. Jumladan, unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi o‘z ishini avvalo O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar, Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling