I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
326 327 hokimiyati tarkibiga kiruvchi davlat organlari ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aynan shulardan kelib chiqqan holda belgilangan. Bosh vazir: Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi; Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi; xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi hamda hukumаtlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi. Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi. Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, vakolatlariga kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va o‘z bo‘ysunuvidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin. Sakkizinchidan, Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha muhim funksiyani amalga oshiradi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid boigan hollarda ulami bekor qilish huquqiga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Konstitutsiya hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun normalariga asosan hukumat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi sohalarni ajratish mumkin: iqtisodiyot, ma’muriy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi faoliyat. Nazariy jihatdan olganda hukumat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini yanada aniqroq ko‘rsatish mumkin. Masalan, rus olimi M.V.Baglayning fikricha hukumat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: siyosiy sohadagi faoliyat; ma’muriy-boshqaruv sohasidagi faoliyat; qonunchilik sohasidagi faoliyat; tashqi siyosat sohasidagi faoliyat; iqtisodiyot sohasidagi faoliyat; ijtimoiy sohadagi faoliyat va hokazo. Tabiiyki, Vazirlar Mahkamasining vakolatlari avvalambor, o‘zining faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni namoyon qilar ekan, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatidan farqli ravishda, ijro etuvchi faoliyatini amalga oshiradi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek, ijroiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling