I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
310 311 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 55 ni amalga kiritilishi davlat boshqaruvini mazmunan yangilash, bunda mavjud demokratik tamoyillarni kengroq joriy etish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘lib, mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun asos vazifasini o‘tadi. Bu davrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mustaqil davlatchilikning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan davlat boshlig‘ining huquqiy maqomi va uning vakolatlariga bag‘ishlangan 89-moddasiga birinchi marta quyidagi norma kiritildi: “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”. Bu yerda, 2000 yillarga xos bo‘lgan hukumat faoliyatini yangi darajaga ko‘taruvchi to‘rt jihatni ajratib ko‘rsatish lozim. Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi huquqiy maqomga — ijro etuvchi hokimiyatning oliy organiga aylandi. Ikkinchidan, hukumatni shakllantirish jarayoni yanada demokratlashtirildi, xususan, Bosh vazirni tayinlashda siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuv hamda lavozimidan muddatidan avval ozod qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritildi. Uchinchidan, Oliy Majlis palatalariga taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini uch marta rad etsa, 55 Ўзбекистон Республикасининг “Давлат бошкарувини янгилаш ва янада демократлаштириш ҳамда мамлакатни модернизация килишда сиёсий партияларнинг ролини кучайтириш тўғрисида”ги конституциявий конуни // Ўзбекистон Республикасининг конун хужжатлари тўплами. - 2007. - № 15. - 151 -модда. Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-11-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir” deyilgan qoidaning o‘zi qoldirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lib hisoblanishiga doir qoida chiqarib tashlandi va shu asnoda Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimi tugatildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 98-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining shakllantirilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etishi hamda uni vazifasidan ozod qilishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining a’zolarini Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlashi va vazifasidan ozod qilishi to‘g‘risidagi normalar kiritildi 54 . Ma’muriy islohotlardan ko‘zlangan maqsad va unga binoan oldindagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rildi. 2003-yilning dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Respublika xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonlari qabul qilindi. Unda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimi, ularning asosiy vazifa va funksiyalari hamda ro‘yxati aniq belgilab berildi. 54 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси тўғрисида”ги қонуни (янги таҳрири) // Ўзбекистон Республикасининг конун ҳужжатлари тўплами. - 2003. -№ 19. - 169-модда. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling