I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
2-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
shakllanish tartibi va tarkibi Ijro etuvchi hokimiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy modellari, avvalo ushbu davlatning boshqaruv shaklidan kelib chiqadi va u ko‘p jihatdan hukumatni shakllantirish tartibi va uning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ijro etuvchi hokimiyatning tizimi, shuningdek, davlat tuzilishi shakliga (unitar, federativ, konfederativ) yoki uning hududiy taqsimlanishiga bog‘liq boshqa xususiyatlarga ham ega. Bundan tashqari, ijro etuvchi hokimiyatning shakllanishi va uning tutgan o‘rniga davlat hokimiyatini amalga oshirishning yo‘llari va usullari yig‘indisidan kelib chiqadigan siyosiy rejim ham katta ta’sir o‘tkazadi. O‘zbekiston mustaqilligining murakkab o‘tish davrida qabul qilingan qonunlarning amalda bajarilishini ta’minlay oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu maqsadda tub KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ 308 309 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z lavozimiga ko‘ra, ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasi Raisi hisoblanadigan bo‘ldi. 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo‘ldi. Konstitutsiyamiz suveren davlatimizni qonuniy-huquqiy jihatdan shakllantirishning asosi bo‘lib qoldi. Konstitutsiyada o‘rnatilgan tamoyil - davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishining mantiqiy davomi sifatida 1993- yil may oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning mustaqil organi maqomini oldi. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hamda uning hokimiyat va boshqaruv organlari barham topib, davlat hayotining yangi demokratik, huquqiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi, uning ma’no-mohiyati tubdan o‘zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. 2003-yillarda ikki palatali parlamentni tashkil etish, o‘tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, davlat, iqtisodiy- ijtimoiy masalalarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati rolini va mustaqilligini kuchaytirish “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida’’gi qonunning yangi tahrirda qabul qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Unda Vazirlar Mahkamasi, hukumat a’zolarining javobgarligi masalalari aniqlashtirildi. Vazirlar Mahkamasi va hukumat a’zolariga yuklatilgan vazifalarni bajarish mas’uliyatini oshirish maqsadida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Raisiga tegishli ayrim vakolatlar - Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilish, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni o‘z vaqtida samarali ijro etish vazifalari Bosh vazir zimmasiga yuklatildi. Oqibatda, O‘zbekiston Mahkamasiga aylantirildi. Prezident ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lib qoldi, Prezident va hukumat apparati birlashtirildi. Shunday qilib, Prezident respublikada oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi va davlat boshlig‘i sifatida ham o‘z o‘rnida qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qaror va farmoyishlar ham qabul qilish huquqiga ega bo‘ldi. 1992-yil 4-yanvardagi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bulardan tashqari, o‘sha paytda Vitse-prezident lavozimi ham ta’sis etilgan bo‘lib, u asosan Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etuvchi lavozim hisoblangan. Ta’kidlash kerakki, joriy etilgan Vittse-prezident lavozimi qisqa vaqt ichida davlat boshqaruvi nuqtai-nazaridan o‘zini oqlamadi. Shu boisdan ham 1992-yil 4-yanvardagi Qonun 53 bilan bu lavozim tugatilib, O‘zbekistonning ijro etuvchi hokimiyati tizimida yangi lavozim, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazirga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini tashkil qilish mas’uliyati yuklatildi. Bosh vazir lavozimining ta’sis etilishi O‘zbekiston Hukumati faoliyatining samarali tashkil etilishida muhim voqea bo‘ldi. Bosh vazirga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning faoliyatini tashkil qilish vazifasining yuklatilishi, ushbu institutning rivojlanishi va davlat hokimiyati organlari tizimida uning o‘rnini mustahkamlanishida muhim rol o‘ynadi. Prezident respublika hukumati tarkibiga rasman kirmagan holda Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimini egalladi, ya’ni 53 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Вице- Президенти лавозимини тугатиш ва Бош вазир лавозимини таъсис килиш ва Ўзбекистон Республикаси Конституциясига (Асосий конунига) ўзгартириш киритиш тўғрисида”ги конуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. -1992. -№ 3 . - 144-модда |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling