I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
300
301
Davlat hokimiyatining ijro etuvchi tarmog‘i hokimiyatlar 
bo‘linishi prinsipiga ko‘ra, davlat mexanizmida hokimiyatning 
umumiy va maxsus vakolatga ega o‘ziga xos ijroiya organlar 
tizimi shaklida namoyon bo‘ladigan mustaqil tarmog‘i 
hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyatning o‘ziga xos eng muhim 
xususiyati - bu uning faoliyati qonunlar ijrosini ta’minlash 
xarakteriga egaligida namoyon bo‘ladi. Bu hol davlat va 
jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi qonun 
ustuvorligi tamoyilining ajralmas belgisidir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari umumiy va maxsus 
vakolatga ega kollegial yoki yakkaboshchilik boshqaruviga 
asoslangan, markaziy va mahalliy organlarni birlashtiruvchi 
ierarxik, ko‘ptarmoqli, funktsional murakkab tizimni tashkil 
etadi. Ushbu belgi va xususiyatlar ijro etuvchi hokimiyat 
tizimining o‘zi qabul qilayotgan qarorlar ijrosiga layoqatli 
mustaqil konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatidagi o‘rnini 
belgilaydi.
Ijro etuvchi hokimiyat - ijro etish va farmoyish berish 
faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlar va faoliyat shakllariga ega. Ayni paytda, uning 
shakllanishda hosila organ ekanligi, ya’ni ikkilamchiligi, qonun 
asosida faoliyat yuritishi, universalligi, unga xos jo‘shqinlik 
(dinamik), o‘z vakolat doirasining mavjudligi, ierarxik 
qurilgan apparat va ko‘psonli profestsional xizmatchilarga ega 
bo‘lishi, tashkilotchilik xususiyatining mavjudligi va nihoyat, 
farmoyish berish huquqiga ega ekanligi kabilar uning o‘ziga 
xos asosiy belgilari sanaladi.
Davlatning umumiy funksiyasidan kelib chiqib, ijro etuvchi 
hokimiyat faoliyatining asosiy maqsadi: birinchidan, fuqaro, 
jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash; ikkinchidan, fuqaro 
hayoti, jamiyat farovonligi, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi 
uchun sharoit yaratib berish; uchinchidan, fuqarolar va 
jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklarini amalga 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling