I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
298
299
taqdiri bo‘yicha o‘ta mas’uliyatli faoliyat tajribasi iste’foga 
chiqqanidan so‘ng ham davlat va xalq manfaatlariga xizmat 
qilishi lozim. Bundan tashqari, ushbu qoidaning mohiyatidan, 
davlat va jamiyat boshqaruvini ma’lum muddat amalga 
oshirgan shaxsga hurmat va ehtirom ko‘rsatilayotganligini 
ham anglash mumkin.
Muayyan vaqt davlat boshlig‘i vakolatiga ega bo‘lgan 
shaxsda senat a’zosi bo‘lish va umrbod ushbu lavozimda 
qolish huquqining mavjudligi, sobiq prezidentning shaxsiy 
daxlsizligiga kafolat sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Eng asosiysi, iste’foga chiqqan sobiq davlat boshlig‘ining 
davlat organlari tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, vakolatining 
mazmuniga ko‘ra ham asosiy vazifasi davlat boshqaruvi 
sohasiga tegishli bo‘lgan organ Senatdan o‘rin olishi jamiyat 
barqarorligini yanada mustahkamlaydi.
Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining kоnstitutsiyaviy-
huquqiy mаqоmini bаtаfsil yoritib bеring. O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi Prеzidеnti fаоliyatini tаrtibgа sоluvchi huquqiy 
аsоslаrgа to‘хtаlib o‘ting.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntligigа sаylоvlаr 
o‘tkаzish tаrtibi vа аsоsiy tаmоyillаrigа to‘хtаlib o‘ting. Ushbu 
tаmоyillаrning mаzmun-mоhiyatini оchib bеring.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining vаkоlаtlаrini 
sаnаb o‘ting. Ushbu vаkоlаtlаrning mаzmun-mоhiyatini 
bаtаfsil yoritib bеring.
O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
Prеzidеnti 
tоmоnidаn 
chiqаrilаdigаn 
nоrmаtiv-huquqiy 
аktlаrni 
аtrоflichа 
muhоkаmа qilib bеring. 
Охirgi yillаrdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti 
vаkоlаtlаrining kоnstitutsiyaviy аsоslаrigа kiritilgаn 
o‘zgаrtirishlаr mаzmun-mоhiyatini yoritib bеring.
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal 
faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz 
berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul 
qilgan qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkinligi 
ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch 
oy mobaynida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda 
tarqatib yuborilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z 
vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va 
vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat 
ichida, qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti 
saylovi o‘tkazilishi, demokratik talablar, dunyo hamjamiyati 
tomonidan tan olingan tamoyillarga to‘la muvofiqdir.
Shuning uchun ham milliy qonunchiligimizda davlat 
boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish yuzasidan belgilangan 
qoida konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligini ta’minlaydi.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan 
Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallashi 
Konstitutsiyada o‘zining ifоdasini topgan (97-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 
tugashi bilan bog‘liq bo‘lgan qoida, avvalo, davlat va jamiyat 
a’zolarining manfaati nuqtayi-nazaridan kelib chiqqan holda 
mustahkamlangan. Chunki davlat boshlig‘i vazifasini bajarib 
kelgan shaxs davlat va jamiyat boshqaruvida katta tajriba 
to‘playdi. Uning siyosat, iqtisod hamda ijtimoiy hayotning 
barcha soha yo‘nalishlariga tegishli bilimi, mamlakat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling