I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
304 305 Mamlakatdagi konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni, eng asosiysi ularda vujudga kelgan vaziyat va hukumat faoliyatining maqbullashtirish shaklini tahlil qilish, boshqaruv shaklidan qat’i-nazar muayyan hukumatning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan real o‘rni va roli haqida bir muncha tasavvur hosil qilish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar Kontsepsiyasi” tasdiqlandi. Unga muvofiq, birinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; ikkinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari (funksiyalari, vakolatlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohasini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish; uchinchidan, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish; to‘rtinchidan, vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish; beshinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish; oltinchidan, professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini yanada keng joriy etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda ma’muriy adliya tizimini Каракалпакстан: Дис ... д- ра юрид. наук. Ташкент, 1999. - С. 238-248. Hukumat - davlatning barcha hududlarida umummajburiy bo‘lgan hujjatlar qabul qiladigan kollegial organ. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat oliy organi sifatida u “o‘z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiplari”ga asoslanadi 48 . O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat hukumati hisoblanib, hokimiyatning mustaqil tarmog‘i - ijroiya hokimiyatni boshqaradi. U mamlakatning kundalik hayotiga oid masalalarni hal qilish uchun rahbarlikni amalga oshiruvchi hamda mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilashda ishtirok etuvchi, bu borada keng vakolatlarga ega, kollegial organ. Uning faoliyati jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga ta’sir qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlarini tadqiq qilgan huquqshunos olima E.D.Qutiboyevaning fikricha, respublika misolida ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish uchun yaxlit organlar (apparat) tizimi mavjud bo‘lib, ular umumiy vakolatga ega ijro organlarini (masalan, respublika Vazirlar Kengashi, tuman va shahar hokimlari), shuningdek, davlat-boshqaruv mexanizmining tarmoqlar, tarmoqlararo va boshqa bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi 49 . 48 Ўзбекистан Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993 йил 5 сон. 202 модда. (янги таҳрирда «Халқ сўзи» газетаси 2003 йил 29 август). 49 Кутыбаева Е.Д. Органы исполнителной власти Республики |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling