Taypinlar harakatining birinchi bosqichi


Download 82.82 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi82.82 Kb.
#1001790
  1   2
Bog'liq
Taypinlar harakatining birinchi bosqichi


Taypinlar harakatining birinchi bosqichi
Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988-yil 4-dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999-yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2012-yildan Si Jinping) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rayon, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil
Tabiati
XXR, asosan, moʻtadil va subtropik mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. Xitoyning gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. Xitoy qirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta koʻp. Yirik yarim orollari: Shandun va Lyaodun.
Xitoy — murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning janubi-gʻarbida Tibet togʻligi, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi Xitoyning eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin).
Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharqiy Tyanshan togʻlari bilan ajralgan. Qashqar tekisligi va Jungʻariya tekisligini oʻz ichiga oladi. Ularga janubi-sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shimolidan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan.
Xitoyda foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanes, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor.
Xitoy iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy Xitoyda 500–2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shimoli-gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°), kish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xitoy shimolida (Xaylar) — 28°, gʻarbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. Xitoyning baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km² chamasida).
Tuproqlari Xitoyning sharqiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang, sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. Xitoy gʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar.
Xitoyda daryo koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari — YansziXuanxeSungari, Chjutszyan. MekongSaluinBraxmaputra daryolarining bir qismi ham Xitoydan oqib oʻtadi. Xitoy gʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari — Yorkend va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari — Kukunor, Duntinxu, Poyanxu.
Xitoyning sharqiy qismida juda xilma-xil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubida doim yashil subtropik, eng janubida tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. Xitoyning gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan togʻlari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar, Tibet togʻligidagi choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat.
Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoyning janubiy va janubi-gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va hokazo uchraydi. Xitoyning shimoli-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, qulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi qoʻy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha qoʻriqxona bor.
Tabiat hodisalari
Vaqti-vaqti bilan Xitoyda tayfunlar boʻlib turadi, 2021-yil 25-iyulda Xitoyning sharqidagi Chjensyan provinsiyasiga In-fa tayfuni yopirildi. Tayfun episentri yaqinida shamol tezligi soniyasiga 38 metrgacha yetgan
Aholisi
Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoyning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlarqozoqlarqirgʻizlarsalorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibet-birma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.
Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizm-lamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning koʻpchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, TyantszinLyuydaUxan, Chunsin va boshqa

Download 82.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling