Ch lar temir rudalari va polimetall Po’lat Kimyoviy reaksiya
Download 104.5 Kb.
|
CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR
Mavzu: CHO’YAN OLISHDA KECHADIGAN ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLAR Reja: CH.lar temir rudalari va polimetall Po’lat Kimyoviy reaksiya Cho’yan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan mo’rt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qo’shilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt bo’ladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy bo’lgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi. CH. kulrang , oq va oraliq turlarga bo’linadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi yoki juda ko’p qismi temir karbidi G’e3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida bo’ladi. Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga ko’ra, oddiy kulrang Ch., bolg’alanuvchan va juda puxta Ch.larga bo’linadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolg’alanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pag’apag’a), juda puxta Ch.da esa shar shaklida bo’ladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik cho’yani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, po’lat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yo’li bilan bolg’alanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang cho’yan", ruscha "seriy chugun" so’zlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni uning cho’zilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolg’alanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolg’alanuvchan cho’yan", ruscha "kovkiy chugun" so’zlarining birinchi harflari) Ch.ning bolg’alanuvchanligini, 50 soni cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi. CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha ko’p bo’ladi. Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Ch. — tarkibida alyuminiy miqdori ko’p bo’lgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.— yeyilishga chidamli Ch., podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh Ch. — tra ko’tarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan Ch. armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Ch. — yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi; bu xossa unga ko’proq miqdorda xrom qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turg’unligi yukrri bo’lgan legirlangan Ch.lar jumlasiga kiradi. Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida bo’lgan kulrang (juda puxta) Ch.; suyuq Ch.ga magniy yoki uning qotishmalaridan qo’shish yo’li bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi austenit bo’lgan ko’p legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda kichik bo’ladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi. Cho’yan tova Cho’yan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan ko’p). Uglerod cho’yan tarkibida sementit va grafit ko’rinishida bo’lishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: oq, kulrang, bolg’alanuvchan va mustahkamligi yuqori cho’yanlar. Cho’yan mo’rt jismdir. Cho’yan turlari[tahrir] Oq cho’yan Kulrang cho’yan Bolg’alanuvchan cho’yan Mustahkamligi yuqori cho’yan Yarim cho’yan PO`LAT OLISH. Po’lat (fors.-toj.) — temirning uglerod (2% gacha) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik P.ning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan P.lar tarkibida doimiy qo’shilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R bo’ladi. P.ning cho’yandan farqi shuki, cho’yan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qo’shilmalar ham ko’proq bo’ladi. P. toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin o’zgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolg’alanuvchan bo’lib qoladi (qarang Po’latni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, P. uglerodli va legirlangan xillarga bo’linadi. Uglerodli P.ga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor bo’ladi) qurilish va mashinasozlik po’lati; asbobsozlik po’lati kiradi. [[Legirlangan po’lat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), o’rtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) P.lar kiradi (qarang [[Legirlangan po’lat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga bo’linadi. Alohida xossali P. zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega bo’ladi. P. suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq P. konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik P. pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi P. temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi. Xom ashyo sifatida domna cho’yani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida cho’yan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida P. hosil bo’ladi. Lozim bo’lsa (mas, legirlangan po’lat olishda), P. tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qo’shiladi. Fosfor va oltingugurt P.ning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli P. ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi. P.ni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suyuq P.ga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca bo’lgan qotishmalar) qo’shiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, P. tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab bo’ladi. P. ishlab chiqarish tayyor ggo’latni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish bilan yakunlanadi. Dunyo miqyosida P. ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. P. qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda qo’llaniladigan asosiy material hisoblanadi.[1] Po’lat ishlab chiqarish Po’lat (pols. stal, nem. Stahl) — temir va uglerod (va boshqa unsurlar) deformatsiyalanuvchan (bolg’alanuvchan) qotishmasi, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan oshmaydi va 0,02 % dan kam emas. Uglerod temir qotishmalarida mustahkamlik va qattiqlik xususiyatlarini oshirib, plastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi. Po’lat — mashinasozlik, transport, qurilish va boshqa ko’p sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik po’latlari o’zining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling