I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
282
283
Konstitutsiyada yana shunday talab borki, ayni bir shaxs 
surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. Bu qoida ham demokratik 
tamoyil va talablarga to‘la mos keladi. 
3-§. Prezidentni saylash tartibi
Prezidentlik lavozimi saylov yo‘li bilan egallanadi. 
Prezident saylovi turli mamlakatlarda har xil o‘tkaziladi. Ayrim 
mamlakatlarda Prezidentni Parlament saylaydi (Chexiyada), 
ayrim mamlakatlarda Prezidentni saylash uchun maxsus 
organ tashkil etiladi (Germaniyada), ayrim mamlakatlarda 
Prezidentni saylovchilar vakillari saylaydi (AQShda), ayrim 
mamlakatlarda Prezident xalq tomonidan bevosita saylanadi 
(Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston).
O‘zbekiston Prezidentini saylashning Konstitutsiyaviy 
asosi Konstitutsiyaning 90-moddasida belgilangan. Unga 
asosan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va 
to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish 
yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs 
surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi 
biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston 
hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylanishi mumkin.
Quyidagilar: 
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan 
fuqarolar; 
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional 
xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 
nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Prezidentlar ham (Jorj Vashington, Mustafo Ota Turk, Sharl 
De Gol), mamlakatning inqirozga uchrashiga sabab bo‘lib, 
xalq, jamoatchilik nafratiga uchrab, salbiy nom qoldirgan 
Prezidentlar ham bo‘lgan (Nikolae Chaushesku, Saddam 
Husayn).
Shuning uchun Prezidentlikka saylanuvchilar uchun 
jiddiy talablar qo‘yiladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 
90-moddasida O‘zbekiston Prezidentligiga saylanuvchilar 
oldiga qo‘yiladigan talablar belgilangan. Unga ko‘ra:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘ttiz besh 
yoshdan kichik bo‘lmagan shaxs saylanadi. Bu Prezidentlikka 
da’vogarning tegishli hayotiy tajribaga ega bo‘lishini nazarda 
tutadi. Hayotiy tajriba bo‘lmasa, qanchalik bilimga ega bo‘linsa 
ham davlatni boshqarishda, kerakli qarorlar qabul qilishda 
qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin.
• Prezidentlikka da’vogar davlat tilini yaxshi bilishi kerak. 
Chunki davlat tili mamlakat aholisining aksariyat ko‘pchiligi 
so‘zlashadigan til, xalq tilidir. Xalqqa rahbarlik qilish uchun 
uning dilidagini bilish va qalbiga kirish kerak. Qalbga esа 
fikrlar ona tilida bayon qilingan vaqtda yo‘l topish mumkin. 
Davlat boshlig‘ining og‘zidan eshitilgan so‘z xalqqa juda katta 
ta’sir qiladi. Xalq esа o‘zi tushunadigan tilda eshitishni ma’qul 
ko‘radi.
• Prezidentlikka da’vogar saylovgacha kamida o‘n yil 
bevosita O‘zbekistonda yashagan bo‘lishi kerak. Bu bo‘lajak 
davlat boshlig‘i mamlakat hayoti bilan bevosita tanish bo‘lishi, 
mavjud sharoit, yutuqlar va kamchiliklar haqida birlamchi 
ma’lumotga ega bo‘lishi zarurligidan kelib chiqadi.
• Va nihoyat, Prezidentlikka nomzod O‘zbekiston fuqarosi 
bo‘lishi shart. Chunki davlatni boshqarish huquqi faqat 
O‘zbekiston fuqarolariga tegishlidir.
Bunday talablar demokratiya tamoyillariga aslo zid 
emas va boshqa mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling