I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
276 277 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunida belgilab berilgan bir qator huquqiy va moddiy-moliyaviy kafolatlardan foydalanadilar. Kafolatlar mexanizmining amal qilishi nafaqat deputatlarning huquq va majburiyatlarini ta’minlashga, balki parlament a’zolari faoliyatini samarali amalga oshirishga qaratilgandir. Parlament a’zosi faoliyatining kafolatlari keng qamrovli bo‘lganligi uchun ularni maxsus o‘rganishimiz maqsadga muvofiqdir. Parlament a’zolari faoliyatining kafolatlarini quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganish lozim: parlament a’zosining daxlsizligi (immuniteti); mehnat huquqlari kafolatlari; moddiy kafolatlar (indemnitet); tashkiliy - ijtimoiy kafolatlar. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasiga ko‘ra, deputat va senatorning tegishli palatada ishlagan vaqti umumiy ish stajiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Deputat va senatorga har yili 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi, qonun hujjatlarida ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Har yili mehnat ta’tili deputatga, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda beriladi. Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda deputatga va Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi hamda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. haqida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga va boshqa bir qator huquqlarga ega. Qonunchilikda deputat, senatorning huquqlari bilan bir qatorda, ularning majburiyatlari ham belgilangan. Deputat va senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senat majlislarida, shuningdek, palataning qaysi qo‘mitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qo‘mita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat, senator bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, qo‘mita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan ham raisiga oldindan xabar qilishi shart. Deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari “Kafolat” so‘zi (Fransuzchadan - ta’minlash) tasdiqlash, ta’minlash ma’nolarini anglatadi. SHu tariqa, kafolat - bu muayyan natijaga erishishni ta’minlovchi hodisa, vakolatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan holat va o‘z vakolatlarini amalga oshirishda xalq vakillarining sun’iy to‘siqlarsiz va bevosita ishtirok etishini ta’minlab beruvchi maxsus mexanizm. Aynan ma’lum bir munosabat, jarayonni ta’minlash kafolatning eng muhim belgisi hisoblanadi. Ushbu holat mazkur huquqiy hodisaning sub’ektiv huquq, yuridik majburiyat, javobgarlik kabi boshqa huquqiy kategoriyalardan farqini aniqlashga yordam beradi, vaholanki, huquqiy hodisa o‘z ichiga olgan maqsadga erishishni ta’minlamasa, kafolat hisoblanmaydi. Parlament a’zolari o‘z vakolatlari doirasida faoliyatlarini hech qanday sun’iy to‘siqsiz amalga oshirishlari uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling