I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
272
273
lar, palatalarning reglamentlari va xalqning umumiy urf-
odatlari bilan belgilanadi. Deputatlik faoliyati turli davlatlar 
parlament a’zolarining maqomi o‘ziga хos xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Ular tarixiy va milliy xususiyatlarga, davlat 
qonunchiligining o‘ziga xosligiga, davlatning unitar yoki 
federativ shakliga va boshqa xususiyatlarga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati 
a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga e’tibor qaratilsa, 
Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining maqomi 
deganda, Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosining 
huquqlari, majburiyatlari hamda deputatlik, senatorlik 
faoliyatining asosiy kafolatlari tushuniladi.
Professor O.T.Husanov “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosining 
maqomi to‘g‘risida”gi qonunning mazmunini tahlil etib, 
quyidagi fikrlarni bildirgan: “Ushbu qonunda deputat 
maqomiga tegishli bo‘lgan barcha masalalarni kimlar 
deputat bo‘lishi; ularning vakolat muddatlari; deputatlikni 
tasdiqlovchi vositalar; deputatning Oliy Majlisdagi ishi kabi 
masalalarning qonuniy asosda mustahkamlanganligini; 
deputatning huquq va majburiyatlarini; deputatlarning 
saylovchilar, siyosiy partiyalar bilan olib boradigan ishlarini; 
deputatning parlament so‘rovini; deputat odobini o‘z ichiga 
qamrab olgan”
44
.
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentning 
shakllanishi, ular a’zolarining huquqiy holatiga ta’sir 
o‘tkazmay qolmadi. Qabul qilingan huquqiy hujjatlar 
parlament a’zolarining faol harakat qilishlari, ularning 
qonunchilik jarayonida, qolaversa, xalq vakili sifatida faoliyat 
olib borishlariga huquqiy zamin yaratib berdi.
44 Хусанов О.Т. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий ҳуқуқи. -Т.: ТДЮУ. 
-2012. -Б. 234
maqsadida, 2018 yil 8-avgustda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish 
kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul 
qilindi. Mazkur farmonning asosiy maqsadi sifatida
tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga 
oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini 
takomillashtirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida 
belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling