I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

5-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi deputati va Senat 
a’zosining huquqiy maqomi.
Parlament a’zolari xalqning hokimiyat vakillik organlarida 
faoliyat 
ko‘rsatuvchi 
vakillaridir. 
Respublikamizning 
mustaqilligini mustahkamlashda, huquqiy davlat qurishda, 
chin ma’nodagi demokratiyaga erishishda ularning faoliyati 
muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sababli parlamentarizmni 
shakllantirish va rivojlantirishda parlament a’zolarining 
huquqiy maqomini takomillashtirish, ularning aholi oldidagi 
ma’suliyatini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputati va Senati a’zosining huquqiy maqomi, rivojlangan 
demokratik davlatlar tajribasidan va o‘zbek xalqining milliy 
urf-odat me’yorlaridan kelib chiqib, har jihatdan puxta 
ishlab chiqilgan huquqiy asoslariga ega bo‘la boshladi. Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining 
huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
asoslangan bo‘lib, Konstitutsiyaning o‘n sakkizinchi bobida 
Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining faoliyati 
haqida so‘z boradi. 
Rivojlangan davlatlar parlament a’zolarining huquqiy 
maqomi konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, joriy qonun-


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
274
275
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga 
kirgan taqdirda;
u chaqirib olingan taqdirda;
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak 
yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan 
taqdirda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
u vafot etgan taqdirda;
palata tarqatib yuborilgan taqdirda.
Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari 
tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga 
binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat, 
senator degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor 
bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Qonunga muvofiq, deputat va senatorning huquqiy maqomi 
ikki guruhdagi normalar yig‘indisidan iborat: 1) deputatning, 
senatorning huquqlari va majburiyatlari; 2) deputat va senator 
faoliyatining asosiy kafolatlari.
Deputatning, senatorning huquqlari va majburiyatlari 
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, 
Senatning majlisida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar 
bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi. 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputati va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi 
Qonunining 7-moddasiga asosan deputat, senator: palataning 
organlariga saylash va saylanishga; palata majlisida ko‘rib 
chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; palata tomonidan 
tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, 
tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning 
nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga; so‘rov bilan murojaat 
etishga; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, 
shuningdek, palata qarorlarining bajarilishini tekshirish 
Mazkur qoida mazmunidan anglashiladiki, O‘zbekiston 
Respublikasida parlamentning ikki palataliligiga muvofiq 
ravishda, parlament a’zolarining ham ikki toifasi mavjud: 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputati (deputat) va Senati a’zosi (senator).
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik 
palatasiga 
saylangan 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasining Saylov Kоdеksiga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senatiga saylangan va O‘zbekiston Respublikasining Saylov 
Kоdеksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga 
tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi esa senator 
hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi 
Oliy Majlisning vakolat muddatiga, ya’ni besh yil muddatga 
saylanadi (tayinlanadi).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq, 
deputat va senatorning vakolatlari muddatidan oldin ham 
tugatilishi mumkin. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining 
maqomi to‘g‘risida”gi Qonunigа asosan Qonunchilik palatasi 
deputati va Senat a’zosining vakolatlari quyidagi hollarda 
muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma 
ariza bergan taqdirda;
u, qonunga ko‘ra, deputatlik, senatorlik vakolatlarini 
amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan 
yoki tayinlangan taqdirda;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling