Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Download 225.3 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi225.3 Kb.
#1702855
Bog'liq
prezentatsiya

ORIENTAL UNIVERSITY

    • Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risida

Fan:
    • O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari.

Mavzu
Tarix fakulteti
Rashidov Javlon
3-9 guruh

Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

  • O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
  • Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
  • Pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
  • Pedagogika fanlar tizimi.

  • Xulosalar.

REJA

1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.


Ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini talab etadi. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun esa bundan 22 yil avval qabul qilingan. Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining mas’ul qo‘mitalari hamda ishchi guruhlari tomonidan bir necha bor muhokamalar o‘tkazildi. Natijada yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 19 may kuni, Senat tomonidan esa 7 avgust kuni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni mazkur Qonunni imzolashi bilan, amalda bo‘lgan 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

.


Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

2.Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.


Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

3.Pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.

4.Pedagogika fanlar tizimi.

Xulosalar.


Download 225.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling