Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari
Download 40.34 Kb.
|
Husayn
Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari (1440— 1505) XV asrda Movarounnahr. Eron va Xuroson kabi davlatlar hududida ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy fikr taraqqiyotida xos o‘rin tutgan olimlardan biri Husayn Voiz Koshifiydir. Uning ta’limiy-axloqiy qarashlari Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy ijtimoiy - m a'n a viy qarashlari bilan ko'p jihatlardan uyg'un keladi. Alloma dunyoqarashining asosinJ insonda ma’naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash g'oyalari tashkil etadi- Allom aning yoshlik yillari Sabzavor, Nishopur, va Mashhad hirlarida kechgan. Keyinchalik Jomiyning taklifiga binoan Hirot bahrida keladi va shu shaharda yashab, ijod qila boshlaydi. Hirotda u Alisher Navoiy bilan tanishadi... Husayn Voiz Koshifiy axloq, nujum, mantiq, adabiyotshunoslik, roziyot, hisob, islom tarixi, musiqashunoslik, tasviriy san’at, tabobat Omida oid ikki yuzdan orliq asaryaratib, Sharq ma’naviy madaniyatining rivojiga munosib hissa qo'shgan. Manbalarda keltirilishicha, alloma «Axloqi Muhsiniy». «Anvari Suhayliy», «Javohirnoma», «Risolai dar ilmi e’dod» («Sonlar haqida risola»)> «Ravzat ush shuhado»(«Shohidlik bog;i»), «Oynai l’skandariy» («Iskandar oynasi»), «Tafsiri Husayniy», «Risolati flotamiya», «Kitobi Hotamnoma» «Badoe al-aikor fi sanoe ai-aslvor» kabi asarlar yaratgan. Husayn Koshifiy Xurosonda Husavin Boyqaroning voizi, ta’birchi va maslahatchisi siiatida shuhrat qozonadi. Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari ingliz, nemis. o‘zbek va turk tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g’li Abulmuhsin Mirzoga bag'ishlangan bo'lib, unda inson kamolotini taminlashda nihovaida muhim sanalgan xislatlar va ularning mohiyati yoritib beriladi. Koshifiyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlari diqqatga sazovordir. zero, uning qa r ashlar ida aqliy tarbiya va uni yolga qo'yish, aqliy bilish jarayoni. ma’rifatli bo’lish, bilimlarni egaliash masalalari muhim o‘rin egaUaydi. Mutafakkir aqi tabiatning bebaho in’omi va haqiqat mezoni ekanligiga, inson aqlining qudratiga ishonadi. U aqlni haqiqat sifatida ta’rifiab, inson o‘z faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi, deydi. Fanlarni tasniflashda ham insonga muayyan kasb-hunar yoki bilimlar asosini o'rgatisliga xizmat qiluvchi fanlarmngahamiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Husayn Voiz Koshiliy ilm bovlik va dunyo orttirish uchun emas, balki hayotkechirish uchun zarurdir, deya ta’kidlaydi. Alloma puxta va chuqur ilm o'rganishning engmaqbul y oli organilgan bilimni amaliyot bilan bog lash ekanligini alohida takidlaydi. Bunda u inson aqlini faolivatning asosi sifatida talqin etib, o ‘z navbatida, bu i'aoliyat yangi bilimlarning yaratilisliiga asos boladi degan nkrni ilgari surish bilan zamondoshlaridan ancha ilgaiilab ketadi. Xususan, «Axloqi Muhsiniy» asarida aql bilan faoliyat o:rtasidagi o'zaro aloqadorlik xususida to:xtalib o'tar ekan, barcha kishilar aqlga ehtiyoj sezadi, aql esa amaliy faoliyatning taslikil etilisliiga nisbatan ehtiyoj berishini ta’kidlaydi. Olim nazarida, harakat, faoliyat — aqlning zgusidir. Aql yordamida hayotiy tajriba ortadi, kishilar tomonidan to'plangan shaxsiy tajriba negizida bashariyatning umumiy tajribasi shakllanadi ma’naviy qadriyatlar majmui hosil boladi, shu tarzda ular kelgusj avlodlarga yetkaziladi. I-Iusayn Voiz Koshifiy insonni unga bilim berish orqali tarbiyalash uning aqliy qobilivatini o'stirish mumkin, deya hisoblaydi va bilim insonni komillik darajasiga ko'taruvchi mezon ekanligiga ishonadi. Husayn Voiz Koshifiy ijtimoiy, axloqiy talablar, ularning mohiyati ularga amal qilish shartlari xususi da ham so‘zyuritadi. Alloma tomonidan ko'rsatib o'tilgan ijtimoiy, axloqiy talablar jamiyat taraqqiyoti va kishilar o'rtasida o'zaro hamkorlik, do'stlik va ahillikni qaror toptirish yolida o'ta muhim ahamiyatga ega sanaladi. Koshifiy o‘ttizdan ortiq ijtimoiv- axloqiy talablarni bayon etadi. Bu talablar mazmunida jamiyat a:zolarida sabr-toqat, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, kecliirimlilik, saxiylik, saxovat, tavoze’ (kamtarlik), rostgoVlik, shijoat, hushyorlik, farosat kabi insoniy fazilatlarning namoyon etilishi borasidagi ijtimoiy ehtiyoj o'z ifodasini topgan. Husayn Voiz Kosiiifiy tomonidan yaratilgan asarlardan yana biri «Futuwatnomai Sultoniy voxud javonmardlik tariqati» nomli asar bo'lib, unda komil insonni shakllantirishning amaliy yo'llari va ularning mohiyati ochib beriladi. Ma’lumki, Movarounnahr, Eron va Xuroson kabi mamlakatlarda asrdan boshlab javonmardlik yoki futuwatchilik harakati keng yoyilgan. Javonm ardlik voki fu tu w a tch ilik harakatining m ohiyati yosh vigitlarning o‘z hayotlarini faqat ezgu ishlarni amalga oshirish hamda o'zlarida ezgu xislatlarni tarkib toptirishga baglshlab, zohiran va botinan pok bolish yolida jamoaga uyushishlaiidan iboratdir. Javonmardlik yoki fu tu w a tch ilik harakatiga qo\shilgan yoshlar javonm ardlar yoki futuw atlar deb nomlanganlar. Ular ma’naviy va jismoniy yetuklikka intilganlar, mardlik va oliyjanoblik namunalarini ko'rsatganlar. Ularnnig o‘zjamoasi. pm , ustozlari, shuningdek, maxsus yig'inlar o‘tkaziladigan manzillari bolgan. Sarbadorlar, Abu Muslim, Yaqub ibn Lays, Mahmud Torobiy kabi xalq qahramonlari ham javonmardlar jamoasining faol a’zolari bolganlar. Putuvvat (javonmardlik)ilmi tasav uf, so'fiylik asoslariga muvofiq kelib, insonni axloqan poklash. kishilar o'rtasida o‘zaro mchr-shafqat, himmat va mardlik xislatlarini qaror toptirishni targlb etgan. Tasawuf nazariyasi futuvvatda yuksak g'oyalarning ijtimoiy-amaliy tadbiqini ko'rsa, futuwat nazariyasi tasawufda iymon-etiqodning n a z a r i y jihatdan puxta asoslangan g’oyasi mavjud ekanligini e’tirof etadi. F u t u w a t tlariga ega kishilar fatiy deb ham nomlanganlar. Fors tilidan taijima Lancia «fatiy» so'zining ma’nosi «yoshlik», demakdir. Kishida insoniy y-vtlarning mavjudligi nuqtai nazaridan mazkurtushuncha majoziy ’noda kamolot chegarasini zabt eta olgan odamlar — yoshlarga nisbatan ao'llanilgan. J a v o n m a r d l i k fazilatining rukn(ustun)lari o‘n ikkita bo'lib, ularning ojtitasi z o h i r i y , oltitasi botiniy sifatlar sanaladi. Zohiriy tarzda namoyon boluvchi sifat (rukn)lar quyidagilardir: 1 G‘iybat, yolg‘on, bo'hton, behuda so'zdan tilni tiyish. 2. Nojo'ya, nomaqbul so'zlardan quloqni berkitish. 3 Ko'rish nojoiz narsalardan ko‘zni yumish. 4 . Harom narsalardan qo‘lni tortish. 5. Borish man qilingan joylardan oyoqni Ir tis h , gunohga sabab bo'ladigan g'ammozlik, gap tashish, ziyon-zahmat ishlarga qadam q o 'y m a s l i k . 6. Harom ovqatdan og'izni, zinodan a’zoni berkitish. Botiniy tarzda namoyon bo'luvchi sifat(rukn)lar esa quyidagilardir: 1. Saxo vat. 2. Kamtarlik(tavoze). 3. Qanoat. 1. 4. Afv va marhamat. 5. Kibr va g'ururni lark etish. 6. G'ubr (ko‘ngilningdunyoviytash\Tshlaridantozalanib, do'st (xudo) muhabbatining makoni, ishq sultoni o’tiracligan taxtga aylanishi). Asarda keltirilishicha, futuvvatning 71 sharti bo'lib, ushbu shartlarning 48tasi vujudiy, 23tasi esa azaliy sanaladi. Maxsus qoida va nizomlarining shartlariga qat’iy amal qilish, xususan, bel bog'lash va shogird tushish shartlari bekamu ko'st bajarilgach, ularning qanday bajarilishi ustoz tomonidan nazorat qilingach, fu tu w a tch ilik h arakatiga qo'sh ilish is ta g in i b ild irg an kishi (yigit)futuwatchilarjamoasiga qabul etilgan. Asarda bayon etilgan fikrlardan eng muhimi — tariqat alilining odobi borasidagi o‘rin hisoblanadi. Unda tariqat ahlining ko'nglini yomon o'y- niyatlardan asrashi, ko'z. quloq, til, og'iz, qo‘l va farj(tanosil a!zolari)ni yomon, harom sanalgan xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlash odobi, tariqat. arbobi, tariqat toifalari a’zolarining odobi, taqvodorlar (xonaqo) odobi, o'tirish, bemorning holidan xabar olish, janoza, ta’ziyaga borish, kasb-kor, savdo-tijorat va maVakaga borish odoblari xususida so'z yuritilib, ,nJl ^'Jjyiy-axloqiy xatti-harakatlarning har biruslubi va uning mohiyati ocmb beriladi. Malumki. muayyan kasb yoki hunar bilan shug'ullanuvchi shilar ana shu kasb yoki hunarning ichki xususiyatlaridan kehb cliiqib, muayyan odob-axloq qoidalariga amal qilishlari talab etilgan. Husayn Voiz Koshifiyning «Futuwatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» asarida turli kasb-hunar egalarining odoblari yuzasidan ham fikr- mulohazalar bildirilgan. Ushbu jihatiariga ko‘ra, asar barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotgan hozirgi davrda beqiyos ahamiyatga egadir. Ko'rinadiki. Husayn Voiz KoshiHyning nuqtai nazariga ko'ra, komil (har jihatdan yetuk) inson oV.ida eng oliy insoniy ma'naviy-axloqiy xislatlam i mujassam eta olgan, atrofidagilarga c/rnak ko'rsatish layoqatiga ega shaxs bolishi lozim. Komil insonlarning sa’yi-harakatlari asosida ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, jamiyatda tinchlik va farovonhk qaror topadi. Koshifiy ijodini o‘z davrining yirik tarixchisi Xondamir "Xulosat ul-axbor" asarida: "Ul janob nujum ilmida ham zo‘r mahoratga ega edi, chunonchi uning ta’birlari Qazo o‘qi singari bexatar bo‘lardi. Uning balog‘atoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari ko‘p va behisob bo‘lib, ularning ko‘pi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi..." - deb ta’riflaydi. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarining to‘rtinchi majlisida: "Mavlono "Husayn Voiz - "Koshifiy" taxallus qilur, Savzavorlikdur. Yigirma yilga yaqin borkim, shahardadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe’ bulubtur. On fan bulg‘aykim, dahli bo‘lmagay. Xususan va’z, insho va nujumki, aning haqidadur va har qaysida muttayyin va mashhur ishlari bor..." - deb yuksak baholagan. Husayn Voiz Koshifiy Xirot madrasalarida talabalarga ta’lim-tarbiya bergan, Xuroson shaharlarida axloq-odobdan va’z aytgan. Koshifiy o‘z asarlarida ijtimoiy-axloqiy hayot, ma’naviyat masalalariga katta o‘rin ajratadi, siyosat, davlatni boshqarish, shoh bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabat, jamoani idora etish, yetuk insonni tarbiyalash muammolari uning ijodida katta o‘rin egallaydi. Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori ma’naviyatga ega bo‘lish, madaniy yuksalish g‘oyalarini ilgari suradi. Uning "Axloqi Muhsiniy", "Risolai Hotamiya", "Anvori Sixayliy", "Axloqi Karim", "Javohirnoma", "Lubbo ul-ma’naviy fi-intixobi masna’viy", "Iskandar oynasi", "Tafsiri Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy" kabi asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlardan Xuroson mamlakatida, Xirotda va boshqa shaharlardagi madrasalarda talabalar uchun darslik sifatida foydalanilgan. Mutafakkir bu asarlarida o‘zining hayotdan olgan soboqlari, tajribalari asosida xalqchillik, insonparvarlik, ijtimoiy hayot, adolat, xalollik, sofdillik, poklik, to‘g‘rilik, rostguylik haqidagi fikrlarini o‘qimishli, qiziqarli hikoyatlar, rivoyatlar yordamida bayon etadi. Bu asarlar Koshifiy tili bilan aytganda "Xikmati amaliy" asosida yozilganligidan bugungi kunda ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Husayn Voiz Koshifiy insonni dunyodagi eng yuksak olijanob mavjudot deb biladi.
Bu Voiz Koshifiy axloqiy ta’limotining yetakchi g‘oyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini kator hikoyat va rivoyatlar bilan ko‘rsatadi. Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi - insonlarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda bo‘lishi shart bo’lgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobiqqadamlik, saxiylik, sahovat, rostguylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab o‘tadi. Ko¬shifiy axloqli inson deganda, ilm-ma’rifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, sahiy, ochiq qalb insonni tushungan. Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning "Axloqi Muxsiniy" (Husayn Boyqaroning o‘g‘li - Abdulmuhsin Mirzoga bag’ishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy o‘z asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari bo‘yicha ham o‘z davri uchun muhim fikrlarni olg‘a suradi. U davlatni odilona boqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini alohida ta’kidlaydi: Jahonda pok suv ichmakka bo’lmas hech kim qodir. Agar shohlar siyosat tig’in eliga qilmasa zohir. - deydi. Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, u shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat adolatli bo‘lsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak: Mamlakat tobqoy siyosatdin nizom, Gar siyosat bo‘lmasa yetgay xalal, Topmagay olam ishi aslo tuzut.Besiyosat hech vaqtu hech mahal. Yoki: "... Adl (adolat - R. M.) siyosatsiz mavjud bo‘lmas. Siyosat yo‘q bo‘lsa, sardorlik zaif. Na uchunkim mulku-millat ziynati, dinu davlati musallahi siyosatdur", - deb mamlakat taraqqiyotini, adolat qaror topishini ham Koshifiy siyosatga bog‘laydi. Demak, Husayn Voiz Koshifiy shoir, yozuvchi, olimgina emas, balki dono siyosatchi ham bo‘lgan. Uning jamiyat, davlat, tinchlik, ixtiloflarni osoyishtalik bilan xal etish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlari hozir ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning ma’naviy davrasida bo’lgan XV asr Xuroson va Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda o‘z asarlari bilan so‘nggi avlodlarga katta ta’sir ko‘rsatgan maщhur allomalardan bo‘lib tarixda qoldi. U qomusiy ijodi bilan o‘z davri ma’naviy yuksalishi yo‘lida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo, balki bugun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Download 40.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling