I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
220
221
saylanadi. Bu saylovda saylovchilar nomzodlarning qilgan 
ishlari, xizmatlari, dasturlarini taqqoslaydi va o‘ziga ma’qulini 
tanlaydi. Bu tizimda okruglarda nomzodlar, asosan, partiya 
nomidan qatnashadi, lekin yakka asosda ovoz oladi, ovoz 
partiya uchun emas shaxsan nomzodga beriladi.
Majoritar tizimning ham ko‘rinishlari har xil. Uning bir 
ko‘rinishida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan 
nomzod saylangan bo‘ladi. Bunda saylanish uchun qancha 
ovoz olish kerakligi ko‘rsatilmagan. Bu ko‘rinish AQSH, 
Hindiston va Rossiyada qo‘llaniladi. Bu mamlakatlarning 
qonunlarida aksariyat ovoz berishda qancha saylovchi ishtirok 
etishi shartligi ham ko‘rsatilmaydi. Angliya qonuniga asosan 
okrugdan bir nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, saylovsiz saylanish 
mumkin, uning saylanishi uchun nomzodning o‘z ovozi kifoya 
bo‘ladi.
Majoritar saylov tizimi deputatlarning bir okrugdan bitta 
saylanshi bilan (nomzodlar qancha bo‘lishidan qat’i nazar) 
saylovchi aniq nomzodga yoqlab yoki qarshi ovoz berishi 
bilan xarakterlanadi. Bu ko‘pchilik ovozlarning saylanadigan 
nomzodlarda bo‘lishini nazarda tutadi. Majoritar so‘zining o‘zi 
ham Fransuzcha “ko‘pchilik” so‘zidan olingan. Majoritar tizim 
jahonda eng ko‘p tarqalgan tizim deb hisoblanadi.
Ayrim mamlakatlarda majoritar tizimda saylanish uchun 
ko‘pchilik ovoz talab etiladi. O‘zbekiston saylov tizimi ham 
majoritar tizim bo‘lib, unda shu tizimning ko‘pchilik ovoz olish 
tartibi qo‘llaniladi. Ovoz berishda kamida 33 foiz saylovchi 
ishtirok etib, (ro‘yxatga olinganlar) ularning yarmidan ko‘pini 
(50 foiz + 1 ta ovozni) olgan nomzod deputat, Prezident bo‘lib 
saylanadi. Majoritar tizimning yana boshqa ko‘rinishlari 
ham mavjud. Majoritar tizimning eng muhim ijobiy tomoni 
(yutug‘i) saylovchi aniq bir shaxsga ovoz beradi. Bu 
keyinchalik saylangan shaxs bilan saylovchi o‘rtasida bevosita 
aloqadorlikni o‘rnatadi. Deputatlar o‘z faoliyati yuzasidan 
kamaytirish, ayollarni saylovlarda ishtirok etishiga erishish, 
saylovlardagi ortiqcha cheklashlami olib tashlash uchun uzoq 
vaqt kurashilgan.
Mamlakatda saylov tizimi bo‘lishi davlat xarakteriga, 
u yerdagi rejimga bog‘liq, ya’ni davlatning suverenligi
demokratik yoki avtoritar rejim, diktatura ko‘rinishida 
bo‘lishligi saylov tizimiga ta’sir qiladi. Lekin har qanday rejim 
ham o‘z saylov huquqini demokratik qilib ko‘rsatish uchun 
turli choralami ko‘radi. Sobiq ittifoq davrida ham saylov eng 
demokratik deb ko‘rsatilar, hatto fashistlarning hokimiyat 
tepasiga keltirgan Germaniya saylov tizimi ham demokratik 
hisoblangan.
Saylov tizimi tor ma’noda ovoz berish natijasini aniqlashga 
qarab turlarga bo‘linadi.
Jahon tajribasida bir necha xil tizim mavjudligi yuridik 
adabiyotlarda uchraydi. Bular asosan majoritar va 
proportsional tizimlardi. Ayrim adabiyotlarda ularning boshqa 
turlari, jumladan, aralash tizimi mavjudligi ko‘rsatilgan. Bu 
ham haqiqat.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan saylov tizimi - majoritar
proportsional va aralash shakldagi tizimlardir.
Bu tizimlar asosan ovoz berish tartibi, ovozlarni aniqlash, 
ovozlarning deputat saylashda taqsimlanishi, saylovni necha 
mandatli saylov ekanligi bilan aniqlanadi va bir-biridan 
farq qiladi. Ularning birontasini demokratik boshqasini 
nodemokratik deyishga asos yo‘q. Ularning ijobiy va salbiy 
tomonlari mavjud.
Majoritar tizim siyosiy partiyalar hali uncha kuchli 
bo‘lmagan, aholini o‘z taraflariga og‘dirish uchun tegishli 
ishlar amalga oshirilgan davlatlarda foydalidir. Bunday 
saylovda vakillik organlariga deputat bo‘lib partiya a’zolari 
emas, partiya tomonidan ko‘rsatilgan, so‘zga chechan, 
saylovchilarni o‘z dasturiga ishontira oladigan kishilar 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling