42. Nomzodlarning birlamchi tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston


Download 113.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi113.16 Kb.
#1263634
Bog'liq
Умумий талаблар



42. Nomzodlarning birlamchi tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori 
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik 
va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom va boshqa 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi. 
Birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha 
nomzodlarning OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa 
chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodlarning shaxsiy hujjatlari 
yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. 
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb 
topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga 
qo‘yilmaydi. 
43. Individual-psixologik o‘rganish qabul komissiyasi raisi 
tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 11 apreldan 31 maygacha 
(shu kuni ham) qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-
psixologlar tomonidan nomzodlarni psixologik test sinovidan o‘tkazish 
yo‘li bilan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq 
o‘tkaziladi. 
Individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya 
tarkibiga respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tegishli 
mutaxassis-psixologlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin. 
44. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar 
chiqariladi: 
OHTMga kirish uchun tavsiya etiladi; 
OHTMga kirish uchun tavsiya etilmaydi. 
Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha OHTMga kirish uchun 
tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi 
tadbirlariga qo‘yilmaydi. 
45. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini 
baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval 
asosida qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan 
mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq 11 apreldan 
31 maygacha (shu kuni ham) o‘tkaziladi. 
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan 
o‘tmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga 
qo‘yilmaydi. 


46. 
Nomzodlarning 
yakuniy 
tibbiy 
ko‘rigi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori 
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik 
va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va boshqa 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi. 
Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha 
nomzodning OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa 
chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari 
yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. 
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb 
topilgan nomzodlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Download 113.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling