Ellikqa’la tumanida o‘tkazilgan majlisda Jo‘qarg‘i Kenges Raisi tomonidan tumanini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi


Download 35 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi35 Kb.
#1175979
Bog'liq
Ellikqa\'la



Ellikqa’la tumanida o‘tkazilgan majlisda Jo‘qarg‘i Kenges Raisi tomonidan tumanini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.
Qaraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbaev Ellikqa’la tumanini yanada rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Bugungi kunda 2022-yili o‘tkazilgan majlisda belgilab berilgan 24 topshiriqning 18 topshirig‘ini bajargan. Shuning ichida, fuqarolarni tadbirkorlikka tortish, ularning bandligini ta’minlash orqali doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va kambag‘illikdan chiqarish masalalarida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Tumanda hokim yordamchilari tomonidan jami 37 fuqarolar yig‘inidan 31 fuqarolar yig‘inida imtiyozli kreditlarning to‘liq o‘zlashtirilishi ta’minlanmagan.
– “Chuqurqoq”, “Koinot”, “Oq-oltin”, “Do‘sliq”, “Jasorat”, “Iqbol”, “Tuproq qa’la”, “Qoshqo‘ra”, “Istiqlol”, “Yangi O‘zbekiston”, “Guliston”, “Ellikqa’la” , “Ixlas”, “Sho‘pan” fuqarolar yig‘inlarida imtiyozli kredit moliyalari ko‘rsatkichlari past darajada qolmoqda.
Shuningdek, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi asosida ajiratilgan kreditlardan muammoli qarzdorligi ortib ketgan. Tumanda o‘tgan yili yangidan ochilishi belgilangan 168 kichchik biznes subyektining ochilishi ta’minlanmagan. 2022-yilda ochilgan 352 kichchik biznes subyektlaridan 32 subyekt harakatsiz turgan bo‘lsa, 26 subyekt o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan topshiriqqa muvofiq kichchik biznes subyektlarni tashkillashtirish ishlaridagi hisobotlarga yolg‘on ma’lumotlar berish holatlari uchramoqda, natijada tadbirkorlik subyektlari ishga qo‘shilmay, yangi ish o‘rinlari yaratilmagan.
Bunda tuman hokimi, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va ayol-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i, “Amirobod” fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi va boshqada bir qator mahallardagi hokim yordamchilari noto‘g‘i ma’lumot bergan.
Ellikqa’la tumanida Prezident qaroriga binoan, joriy yilning 1-mart sanasigacha “Ellikqa’la” mahallasida tashkil qilinishi rejalashtirilgan mikro markaz uchun belgilangan xalq ta’limi bo‘limi balansidagi bo‘sh turgan imoratning xonalari auksion savdoga chiqarilmagan.
Jo‘qarg‘i Kenges Raisi shuningdek, tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyaviy rejalarni va kichchik tadbirkorlik subyektlarni tashkil qilish, mahallabay ishlash orqali fuqarolarning daromadini oshirish va boshqada zarur dasturlar bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, bo‘sh turgan, faoliyatini to‘xtatgan obyektlarni auksion orqali savdoga chiqarishni alohida ta’kidlab, undan keyin xalqqa foydasi tegadigan loyhalarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kenges axborot xizmati
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling