I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
222
223
mayda fraksiyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va bu 
hol parlamentda masalalar hal qilinishini qiyinlashtiradi.
Proportsional saylov tizimida qonunlarda siyosiy 
partiyalar, albatta, to‘plashi kerak bo‘lgan ovozlarning zarur 
miqdori belgilab qo‘yiladi. Bu jamiyatda uncha ahamiyatga 
ega bo‘lmagan partiyalarning, parlament va quyi vakillik 
organlarida o‘rin olishga qo‘yilgan to‘siq hisoblanib, u turli 
mamlakatlarda turlicha (7%, 5%, 3%) bo‘lishi mumkin. Kam 
sonli deputat o‘rinlari bilan parlamentni band qilish parlament 
ko‘pchiligini tashkil qilishda muammolarni vujudga keltiradi. 
Ayniqsa, bu parlamentar respublikalarda jiddiy muammo 
bo‘ladi. Bir necha partiya fraktsiyalari birlashib ko‘pchilikni 
tashkil etsada, bu birlikning (bloklarni) buzilib ketishi oson 
bo‘ladi. Ayrim mamlakatlarda to‘siqlardan o‘ta olmagan 
partiyalarning olgan ovozlari ko‘p o‘rin olib to‘siqdan o‘tgan 
partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Ayrim mamlakatlarda esa 
ovozlar kuyib ketadi.
Proportsional saylov tizimida ovozlarni taqsimlashning 
turlicha usullari mavjud.
Aralash saylov tizimida mamlakatlarda o‘tkaziladigan 
saylovlarda majoritar tizim ham proportsional tizim ham 
qo‘llaniladi. Bu oliy va mahalliy vakillik organlarining bittasi 
mojaritar tizim orqali, bittasi proportsional tizim orqali 
tashkil etiladi yoki bitta vakillik organini tashkil etishda ikkala 
tizimdan ham foydalanish mumkin.
Ukraina parlamenti Oliy Radaga bo‘lib o‘tgan 2014-yil 
oktabr saylovlarida saylovning aralash tizimidan foydalanildi. 
Mamlakatda qaysi saylov tizimidan foydalanishni qonunlarda 
belgilab qo‘yiladi. Bu tizimning ijobiy tomoni proportsional 
tizimda partiya ro‘yxati bo‘yicha deputat bo‘la olmagan, lekin 
ko‘zga ko‘ringan, ko‘pchilikka yoquvchi partiya boshchilari 
saylovchilarga axborot berib boradi, vakillik organlarida 
shu okrug saylovchilarining manfaatini ifodalaydi, ularning 
nomidan faoliyat ko‘rsatadi. Majoritar tizimning salbiy tomoni, 
unda ko‘plab saylovchilar ovozi kuyib ketadi, saylanmagan 
nomzodlarga berilgan ovozlar bu 49% gacha bo‘lishi mumkin.
Saylov tizimining ikkinchi ko‘p tarqalgan turi proportsional 
saylov tizimidir. Proportsional saylov tizimi siyosiy partiyalar 
kuchli mamlakatlarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Bunda saylovchi aniq nomzod uchun emas, partiyalar 
taqdim etgan ro‘yxatga ovoz berish bilan mamlakatdagi 
siyosiy partiyalarning olib borayotgan yo‘lini, saylov dasturini 
mа’qullaydi.
Saylovda saylovchilarning qancha ovozi to‘plaganligiga 
qarab parlament vakillik organidagi deputatlik o‘rinlari 
taqsimlanadi. Bu prinsipda ko‘pchilik ovozlar kuymaydi, 
ular qanchadir o‘rinlarga ega bo‘ladi. Bu prinsipda ovoz 
uchun aniq nomzodlar kurashmay partiya ro‘yxatlari orqali 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling