I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
238
239
bir necha hujjatlarda saylovlarga taalluqli umumiy talablar
standartlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro hujjatlardan tashqari, bir necha mintaqaviy 
hujjatlarda ham saylov standartlari qayd etilgan. Jumladan, 
Inson huquqlari va asosiy erkinliklarning himoyasi bo‘yicha 
Evropa Konvensiyasi (1952), “Kopengagen anjumani 
hujjatlari”, “Parlamentlararo Ittifoqi Kengashining “Erkin va 
adolatli saylov mezonlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya” (1994).
Lekin birorta-bir xalqaro hujjat yoki mintaqaviy hujjat 
xalqaro saylov standartlarini bir tizimga solib bermagan, 
shuningdek, standarllar faqat shular degan qat’iy tushuncha 
ham yo‘q. Bu tabiiy hol, albatta. Saylovlarning rivojlanishi
ya’ni saylov texnologiyalari rivojlanishi, standartlar tizimining 
ham kengayib borishini ko‘rsatadi.
Yuridik adabiyotlarda, manbalarda standartlar haqida bir 
xil fikr yo‘q. Ayrim adabiyotlarda standartlar sifatida erkinlik, 
adolatlilik, haqiqiylik ko‘rsatilsa, ba’zi mualliflar saylovlardagi 
ochiqlikni xalqaro standartlar qatoriga kiritadi.
Saylovlarning erkin o‘tishi. Saylovlarning erkin o‘tishi 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada va Saylov 
kоdеksida belgilangan. Erkin saylov deb saylovchilarga biror-
bir tarzda bosim o‘tkazilmaydigan sharoitlarda o‘tkazilgan 
saylovlarni hisoblash mumkin. Saylovlarga biror-bir bir 
tazyiq o‘tkazish, qo‘rqitish yo‘l qo‘yilmaydigan saylovlarni 
erkin saylov deyiladi. Erkin saylov - saylovning prinsipi - 
teng saylovni to‘la ro‘yobga chiqaruvchi shart hamdir. Erkin 
saylov natijasidagina saylovchilar o‘z xohish-irodasini 
ixtiyoriy amalga oshira oladi. Uning natijasida barcha 
saylovchilarga teng imkoniyat yaratiladi. Saylovchining 
erkin saylovda qatnashganligi yoki qatnashmaganligi uchun 
biron bir tarzda manfaatiga zarar etishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Erkin saylov natijasida fuqaro saylovlarda boshqa qonuniy 
erkinliklardan ham (so‘z erkinligi, fikr erkinligi, axborot olish, 
vaqt sinovdan o‘tgan, ko‘pchilik e’tirof etgan qoidalardir. Ular 
demokratiyaning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, ayniqsa, saylov 
o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega”
42
.
Hozir biror-bir davlat faqat o‘zida mavjud tartib, qoidalar 
bilan saylov o‘tkazmaydi. Hozirgi kunda bir nechta xalqaro 
hujjatlarda saylovga taalluqli umumiy qoidalar, talablar 
belgilangan bo‘lib, ularni chetlab o‘tish mumkin emas, 
aks holda, saylovlar demokratik hisoblanmaydi va jahon 
hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmaydi.
Xalqaro standartlarning huquqiy asoslari xalqaro 
hujjatlarda, mintaqaviy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
Saylovlarda qo‘llaniladigan xalqaro standartlar saylovlarga 
qo‘yiladigan bir xil talablar bo‘lib, ular saylov huquqi 
prinsiplarini yanada to‘liq namoyon bo‘lishini, qo‘llanilishini 
ta’minlaydi.
Saylovlarining xalqaro standartlari quyidagi xalqaro va 
mintaqaviy hujjatlarda belgilangan:
Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi (1948-
yil 10-dekabr)
“Fuqarolarning siyosiy va fuqarolik huquqlari to‘g‘risida”gi 
pakt (1966-yil 16-dekabr).
“Irqiy kamsitishlarning barcha shakllarni tugatish 
to‘g‘risida”gi xalqaro deklaratsiya (1966-yil 7-mart).
“Ayollarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish 
to‘g‘risida”gi deklaratsiya (1967-yil 7-noyabr)
“Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya 
(1952-yil 20-dekabr).
Muntazam va haqiqiy saylov prinsiplarini samaradorligini 
oshirish haqidagi BMT rezolyutsiyasi (1991-yil 17-dekabr).
Bundan tashqari yana BMT tomonidan tashkil qilingan 
42 Хусанов О. Сайловларга қўйиладиган халқаро талаблар ва уларнинг 
Ўзбекистон қонунчилигида мустаҳкамланиши. Демократик сайловлар 
ўтказишнинг халқаро стандартлари ва Ўзбекистн қонунчилиги. (Халқаро 
конферанция материаллари), -T., 2009. -Б.39.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling