I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
232
233
3-§. O‘zbekiston Respublikasida 
saylov o‘tkazish prinsiplari.
Prinsip atamasi o‘zbek tilida ko‘pincha tamoyil deb 
yuritiladi. Bularning ma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday 
atamalar borki, ular barcha tillarda aslicha qo‘llaniladi. 
Bu atama O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham qo‘llanilgan, 
masalan, 14-moddada, Pintsip ijtimoiy kategoriya bo‘lib, eng 
muhim g‘oyalarni qoida sifatida namoyon bo‘lishidir. Davlat va 
huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi qo‘llaniladi. 
Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi.
Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo‘llanilib, eng avvalo, 
u, saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini ko‘rsatuvchi 
asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi.
Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o‘tgan 
edik. Ular kishilik jamiyatining hamma bosqiclilarida qo‘llanilib 
kelingan bo‘lib, jamiyat rivojiga mos ravishda takomillashib 
bordi. Uning takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga 
kelishi, ularning bajarilishi, qo‘llanilishi shart etib belgilanishi 
muhim rol o‘ynaydi.
XX asring ikkinchi yarmidan boshlab, saylovlarning 
demokratiashuvida yangi davr boshlandi. Bunda Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan hujjatlar muhim 
o‘rin tutadi.
Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga 
ega “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da xalqaro 
miqyosda o‘z ifodasini topdi. Uning 21-moddasida “har 
bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakiliari orqali o‘z 
mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Xalq 
irodasi davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov 
tеlеfоn rаqаmlаrini,jоylаshgаn еrini vа оvоz bеrish binоsini 
ko‘rsаtgаn hоldа sаylоvchilаrni hаr bir uchаstkаning 
chеgаrаlаri to‘g‘risidа хаbаrdоr etishni tаshkil qilаdi.
Qоnunchilik pаlаtаsi, mаhаlliy Kеngаshlаr dеputаtlаri 
sаylоvi bir vаqtdа o‘tkаzilgаn tаqdirdа, Qоnunchilik pаlаtаsi 
dеputаtlаri sаylоvini o‘tkаzish bo‘yichа оkrug sаylоv 
kоmissiyalаri tоmоnidаn yagоnа sаylоv uchаstkаlаri tuzilаdi.
2014-yil 
16-aprelda 
Konstitutsiyaga 
kiritilgan 
qo‘shimchaga asosan Markaziy saylov komissiyasining 
huquqiy holati, vazifasi, ish yuritish prinsiplari, tashkil etish 
tartibi konstitutsiyaviy asosda belgilandi, natijada saylov 
huquqining konstitutsiyaviy asoslari yanada kengaydi.
Saylov huquqiga taalluqli konstitutsiyaviy normalar faqat 
konstitutsiyaning XXIII bobidagi (117-modda) normalar 
bilan cheklanmaydi. Ular konstitutsiyaning boshqa bob va 
moddalaridagi normalarda ham uchraydi.
Jumladan, Konstitutsiyaning 32-moddasida fuqarolarning 
davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etishda 
ishtirok etish huquqi (saylov huquqi). Konstitutsiyaning 
90-moddasida O‘zbekiston Prezidenti nomzodiga qo‘yiladigan 
talablar haqidagi normalar, prezident saylov muddati va 
saylov prinsiplari haqidagi normalar, Konstitutsiyaning 
96-moddasidagi muddatdan tashqari, Prezident saylоvini 
o‘tkazish haqidagi normalar saylov huquqining konstitutsiyaviy 
asosidir.
Saylov huquqining konstitutsiyaviy asosini, bevosita 
konstitutsiyaviy normalardan tashqari, konstitutsiyaviy 
qonunlardagi saylovga taalluqli normalar ham tashkil etadi.
Demokratik jarayonlarning o‘sib borishi natijasida hozirgi 
davrda saylov huquqi va qonunchiligi mantiqiy jihatdan 
sekin-asta ommaviy huquqning mustaqil tarmog‘iga aylanib 
bormoqda.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling