I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. Saylovlarda xalqaro standartlar (andozalar) qo‘llanilishi hamda Xalqaro hujjat qoidalarini O‘zbekiston saylov qonunchiligiga
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
236 237 Hozirgi kunda aksariyat mamlakatlarriing konstitutsiyalarida umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng, yashirin ovoz berish qoidalari o‘rnatib qo‘yilgan. Agar bu prinsiplar qonunlarda belgilangan bo‘lsayu, saylovlar erkin va oshkora o‘tmasa, unday saylovlarni demokratik saylov deb hisoblash mumkin emas. Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga, asosan ularning erkin va oshkora o‘tkazilishi yoki aksincha bo‘lishiga qarab baho berishadi. Shuning uchun ularni ham saylov huquqining umume’tirof etilgan prinsiplari deb hisoblash mumkin. Saylovlar faqat oshkoralik va erkinlik asosida o‘tkazilgan taqdirdagina umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar to‘la ravishda o‘z ifodasini topishi mumkin va shundagina ularning ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. 4-§. Saylovlarda xalqaro standartlar (andozalar) qo‘llanilishi hamda Xalqaro hujjat qoidalarini O‘zbekiston saylov qonunchiligiga implementatsiya qilish. Saylovlar eng qadimgi ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, insoniyat rivojlanishi, ijtimoiy rivojlanish, demokratiya rivojlanishi bilan birga rivojlanib bormoqda va o‘zi ham shu rivojlanishlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Inson huquqlari xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda ular himoya qilinar ekan, bu saylov huquqlariga ham tegishlidir. Xalqaro munosabatlar rivojlanishi, saylov huquqining rivojlanishiga ta’sir qilib bordi va barcha davlatlar, suveren davlat bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘pchilik uchun ma’qul qoidalarga, talablarga rioya etilishi maqsadga muvofiq ekanligi e’tirof etdi. Bunday talablar saylovlarga qo‘yiladigan standartlar deb yurilatiladigan bo‘ldi. Bular saylovlarga qo‘yiladigan umumiy talablardir. “Umumiy talablar uzoq dеputаtligigа nоmzоdlаr to‘g‘risidаgi, shuningdеk оvоz bеrish vа sаylоv yakunlаri hаqidаgi mа’lumоtlаrni mа’lumqilаdi. Оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri sаylоvgа tаyyorgаrlikning bоrishini vа sаylоv qаndаy o‘tаyotgаnligini yoritib bоrаdi. Sаylоv kоmissiyalаrining mаjlislаri оchiq o‘tkаzilаdi. Sаylоv kоmissiyalаrining qаrоrlаri оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridа e’lоn qilinаdi yoki ushbu Kоdеksdа bеlgilаngаn tаrtibdа hаmmаgа mа’lum qilinаdi. Sаylоvgа tаyyorgаrlik ko‘rish hаmdа uni o‘tkаzishgа dоir bаrchа tаdbirlаrdа, shuningdеk sаylоv kuni оvоz bеrish хоnаlаridа vа оvоzlаrni sаnаb chiqishdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntligigа, Qоnunchilik pаlаtаsi dеputаtligigа, mаhаlliy Kеngаshlаr dеputаtligigа nоmzоdlаr ko‘rsаtgаn siyosiy pаrtiyalаrdаn, fuqаrоlаrning o‘zini o‘zi bоshqаrish оrgаnlаridаn kuzаtuvchilаr, оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri vаkillаri, bоshqа dаvlаtlаrdаn, хаlqаrо tаshkilоtlаrdаn kuzаtuvchilаr ishtirоk etish huquqigа egа. Ayrim adabiyotlarda saylov huquqining muhim, umume’tirof etilgan prinsiplari deb faqat umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berish ko‘rsatilgan 40 . Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining asosiy prinsiplaridan deb baholangan 41 . Haqiqatda ham, erkinlik va oshkoralikni asosiy prinsip deb aytish, bu qoidalarning saylovlardagi muhim ahamiyatini e’tirof etishdir. Bundan tashqari ular O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan va saylov o‘tkazishda asosiy qoida hisoblanadi. 40 Коституционное право зарубежных стран. М: Норма, 2010, стр, 229; Баглай М.В. Коституционное право РФ. -М: Норма, 1998, -С .349-350. Таджиханов У. ва бошкалар, Узбекистан Республикаси конститудиявий ҳуқуқи. -Т ; Шарк,, -2001. В-484 41 Хусанов О.Т. Конституциявий ҳуқуқ. -Т.: Aдолат. -2014. -Б. 203-204 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling