I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
242
243
bilan nazorat qilinmaydi. Referendumga tayorgarlik ko‘rish va 
o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Referendum o‘tkaziladigan kunda 18 yoshga to‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda 
ishtirok etish huquqiga ega. Respublika hududidan tashqarida 
yashayotgan O‘zbekistori Respublikasining fuqarolari ham 
referendumda ishtirok etadilar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va 
milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili dinga munosabati, 
mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning 
referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita 
cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xuddi saylovdagi singari, referendumda ham, sud 
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar 
referendumda ishtirok etmaydilar.
Referendumga tayorgarlik ko‘rish, o‘tkazishning ba’zi 
tadbirlari oshkora va ochiq o‘tkaziladi. Referendumni oshkora, 
adolatli o‘tkazishni ta’minlashda kuzatuvchilar alohida rol 
o‘ynaydi.
Referendumning demokratik xususiyati yana shunda 
ko‘rinadiki, fuqarolar jamoat birlashmalari, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari referendum o‘tkazilishini 
yoqlab yoki unga qarshi, referendumga qo‘yilayotgan qonun 
loyihasi, amaldagi qonun yoki boshqa masalani yoqlab yoki 
unga qarshi hech qanday moneliksiz tashviqot olib borish 
huquqiga ega.
Referendum qarorlari jiddiy oqibatlarni vujudga keltiradi. 
Shuning uchun undan faqat ezgulik yo‘lida foydalanish 
maqsadlaridan kelib chiqib ayrim masalalarni referendumga 
qo‘yish mumkin emasligi ham qonunda belgilab qo‘yilgan. 
Unga ko‘ra, referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar 
quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini 
9-moddasida “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim 
masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga 
(referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun 
bilan belgilanadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan.
“O‘zbekiston Respublikasining referendum to‘g‘risida”gi 
Qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u 
keyinchalik o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan yangi tahrirda 
tasdiqlangan.
Referendum va saylov o‘rtasida juda katta umumiylik va 
o‘xshashlik mavjud. Avvalo, ularning hаr ikkalasi demokratiya 
ifodasi, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirokini 
ta’minlovchi usul; ularning har ikkalasida maqsadga ovoz 
berish orqali erishiladi; tashkil qilish va o‘tkazishda amal 
qiladigan prinsiplar o‘xshash va hokazo.
Referendumning saylovdan farqi ham mavjud. Saylovlarda 
mansabdor shaxslar, deputatlar saylansa, saylovchi 
nomzodlarga ovoz bersa, referendumda masalaga ovoz 
beriladi, biron-bir masala hal qilinadi, yana saylov aniq 
belgilangan muddatlarda o‘tkazilsa, referendum zaruriyatga 
qarab o‘tkaziladi.
Qonunda qayd qilinishicha referendum saylovlar bilan bir 
qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda 
qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, u faqat 
referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi 
mumkin.
Referendum saylovlar singari umumiy, teng, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri prinsipda yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi, 
fuqarolar unda o‘z xohish-irodasini erkin-ixtiyoriy bildiradilar. 
Referendumda ishtirok etishga, shuningdek, ishtirok 
etmaslikka biron bir tarzda ta’sir qilinishi mumkin emas.
Har bir fuqaro referendumda teng asosda ishtirok etadi va 
bitta ovozga ega. Referendumda fuqarolar bevosita ishtirok 
etadi, ularning xohish-irodasi bildirishi hech qanday yo‘l 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling