I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
256 257 va hal qilish tartibiga ko‘ra ham bir necha turlarga ajratiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlarini hal qilish predmetiga ko‘ra, quyidagicha tasniflash mumkin: huquq ijodkorligi sohasida; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan mazkur masalalarni, hal qilish tartibiga ko‘ra uch guruhga ajratish mumkin: palatalarning Vazirlar Mahkamasi taqdimiga (taklifiga) ko‘ra amalga oshiradigan birgalikdagi vakolatlari; boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlami tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish. Palatalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan birgalikda amalga oshiradigan vakolatlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmon va qarorlarini tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qonun bilan belgilandi. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi shart qilib qo‘yildi. Ikki palataii Oliy Majlisning bir palatali Oliy Majlisdan farqli xususiyatlaridan biri shundaki, bunda parlamentning kompetentsiyasiga kiruvchi masalalar har ikki palata tomonidan o‘z vakolatlari doirasida yoki birgalikda amalga oshiriladi. Parlament palatalarining birgalikdagi tasarrufiga kiruvchi masalalarni, shartli ravishda, to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) qonunchilikka oid; 2) vakillikka oid; 3) nazoratga oid; 4) ma’muriy-hududiy tuzilishga oid. Parlament tomonidan hal qilinadigan masalalar, shuningdek, predmeti |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling