I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
254
255
(quyi palata) va Senatdan (Yuqori palata) iborat. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
vakolat muddati - besh yil.
Konstitutsiyada nazarda tutilgan oliy davlat vakillik 
organi deganda, Oliy Majlisning vakillik organlari tizimiga 
kirishi va mazkur tizimda uning eng yuqori pog‘onani 
egallashi; qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi
deganda esa, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq, 
davlat hokimiyatining eng muhim faoliyat yo‘nalishlaridan 
biri - qonun ijodkorligi O‘zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi. Aksariyat 
davlatlarning konstitutsiyaviy amaliyotidan farqli ravishda
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Konstitutsiyada ham, 
boshqa qonun hujjatlarida ham parlament deb yuritilmaydi. 
Lekin Konstitutsiyaning Yuqorida ta’kidlangan 76-moddasi 
mazmunan Oliy Majlisning O‘zbekiston Respublikasining 
Parlamenti ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati 
bilan so‘zlagan ma’ruzalarida, eng asosiy kamchilik shuki
Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga 
aylangani yo‘qligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz 
ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz 
ellik deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha 
ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. 
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining 
profestsional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
esa, hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan 
(senatorlardan) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling