I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
250 251 vakolatlari mustahkamlab qo‘yildi. O‘tish davrida qonun hujjatlarini qabul qilish holatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 83-moddasida ularni qabul qilishning hozirgiga nisbatan ancha soddaroq tartibi belgilangan edi. Ya’ni: “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qiladi. Qonunni qabul qilish uchun Oliy Majlis deputatlarning ko‘pchilik ovozi talab etiladi. Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir”. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi mamlakatimiz qonunchilik tizimining takomillashuviga munosib hissa qo‘shdi. U o‘zining 1995-2000-yillarda o‘tgan o‘n beshta sessiyasida 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qildi, amaldagi qonunlarga 216 ta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. Qonun ijodkorligi jarayonida bevosita demokratiyaning konsultativ ko‘rinishi - umumxalq muhokamasidan samarali foydalanishga harakat qiiindi. Agar mustaqillikka erishilgan kundan e’tiboran 1999-yilga qadar O‘zbekistonda 27 ta qonun umumxalq muhokamasidan keyin qabul qilingan bo‘lsa, shundan 20 tasi birinchi chaqiriqdagi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi. E’lon qilingan har bir qonun loyihasi yuzasidan 500 tadan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o‘rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentga o‘tish yo‘lida Profestsional parlamentarizmga o‘tish - o‘ta muhim, shu bilan birga, g‘oyat murakkab vazifa. Zero, rivojlangan demokratik davlatlarda shakllangan va faoliyat ko‘rsatayotgan profestsional parlamentlarning har biri o‘zining uzoq va tadrijiy rivojlanish tarixiga ega. Xususan, Buyuk Britaniyada Jamoalar palatasi va Lordlar palatasidan iborat Parlament qariyb 7,5 asrlik tarixga ega. Fransiyaning ilk parlamenti - General Shtatlar birinchi marta 7 asr muqaddam chaqirilgan huquq normalarini implementatsiya qilish borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Besh yil davomida Oliy Kengash tomonidan 22 ta shartnoma, 21 ta bitim, bitta deklaratsiya, bitta xartiya va 16 ta boshqa hujjat (konvensiyalarga tuzatishlar, MDH Ustavi va boshqalar) ratifikatsiya qilindi, 15 ta konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bir palatali Oliy Majlis faoliyatidagi demokratik o‘zgarishlar 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslangan holda mustaqil O‘zbekistonning sobiq Ittifoq vakillik organlaridan tubdan farq qiluvchi parlamenti - Oliy Majlisning konstitutsiyaviy maqomini belgilab berdi. Agarda Oliy Kengash “davlat hokimiyatining oliy organi bo‘lib, o‘z faoliyatida qonun chiqarish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshirgan” bo‘lsa, yangi qonunchilikda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi talablaridan kelib chiqqan holda, “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyati amalga oshiradi”, deb belgilandi. Bu o‘zgarish Oliy Majlisning oliyligi butun davlat hokimiyatiga nisbatan emas, balki vakillik organlari tizimida ekanligini anglatadi. Yangi qonunchilikda parlament a’zolarining soni 500 nafardan 250 nafarga qisqartirildi. Mazkur deputatlar hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanishi belgilandr. Yangi parlamentning vakolatlari ham uning, eng avvalo, qonun chiqaruvchi organ ekanligi, shuningdek, oliy vakillik organi sifatida o‘zbekiston xalq nomidan ish olib borishga haqli ekanligidan kelib chiqib va albatta, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslanib belgilandi. Respublika Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq, bir palatadan iborat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling