I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
264 265 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senati Raisi: tegishli palataning majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; palata muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; palata qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq tegishli palata guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa palatasi, davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda tegishli palata nomidan ish ko‘radi; palata qarorlarini imzolaydi; Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Xususan, mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda Senat Raisi uning vazifa va vakolatlarini vaqtincha o‘z zimmasiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi. Oliy Majlis palatlari devoni yuridik shaxs hisoblanadi. Devonning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri hamda Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi. Parlament ishini tashkil etishning O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasidan ma’lumki, parlament devoni ishini to‘g‘ri tashkil etish uning vazifalarini samarali amalga oshirishning kafolatidir. senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi raislari; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis o‘tkazadilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlislari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda; chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda; palatalarning kelishuviga binoan boshqa masalalar yuzasidan o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling