I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§.Oliy Majlis palatalari faoliyatining tashkiliy shakllari.
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
260 261 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalami hal etish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish. 3-§.Oliy Majlis palatalari faoliyatining tashkiliy shakllari. Jahon mamlakatlarining parlamentarizm sohasidagi uzoq yillik tajribalari shuni ko‘rsatadiki, parlament vakolatlarining realligi, uning barqaror va samarali ishlashi ko‘p jihatdan parlament faoliyatining qay darajada to‘g‘ri tashkil etilganligiga bevosita bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida Oliy Majlis palatalari faoliyatining zarur tashkiliy huquqiy mexanizmi o‘z ifodasini topgan. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda Oliy Majlisga saylovlar kuni va uning vakolat muddati qat’iy belgilab qo‘yilgan: Qonunchilik palatasiga saylovlar uning vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Xuddi shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ham saylovlar o‘tkaziladi. Saylovlar o‘tganidan keyin bir oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga esa, Konstitutsiyaning 80-moddasiga muvofiq, quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini tayinlash; Ushbu band o‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 maydagi O‘RQ - 430-sonli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Hisob palatasi raisi tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnitsiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling