I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasida


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

4-§. O‘zbekiston Respublikasida 
qonunchilik jarayoni
Mamlakatimizda qonunchilik jarayoninini tartibga 
soladigan, tegishli normalarni doimiy tarzda takomillashtirib 
boradigan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”, 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi 
konstitutsiyaviy qonunlar, “O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘nsida” 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti 
to‘g‘risida”, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” (yangi 
tahrir), “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish 
tartibi to‘g‘risidagi qonunlar hamda parlament palatalarining 
reglamentlarini misol tariqasida sanab o‘tishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining eng muhim 
funksiyasi - qonunchilik faoliyatidir. Qonunchilik faoliyati 
deganda, qonun loyihalarini tayyorlash, ularni Qonunchilik 
palatasiga taqdim etish, muhokama qilish, qabul qilish
ma’qullash, sanksiyalash va promulgatsiya qilishdan iborat 
bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon tushuniladi.
Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi 
jarayoni quyidagi besh qismdan iborat bo‘ladi:
qonunchilik tashabbusi;
qonun loyihasini muhokama qilish;
qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
qonunni imzolash va e’lon qilish.
Qonunchilik faoliyatining dastlabki bosqichida qonun 
loyihasi tayyorlanadi va Qonunchilik palatasiga taqdim 
etiladi. Bu bosqich qonunchilik tashabbusi deb yuritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling