I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Prezidentni saylash tartibi
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
282 283 Konstitutsiyada yana shunday talab borki, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. Bu qoida ham demokratik tamoyil va talablarga to‘la mos keladi. 3-§. Prezidentni saylash tartibi Prezidentlik lavozimi saylov yo‘li bilan egallanadi. Prezident saylovi turli mamlakatlarda har xil o‘tkaziladi. Ayrim mamlakatlarda Prezidentni Parlament saylaydi (Chexiyada), ayrim mamlakatlarda Prezidentni saylash uchun maxsus organ tashkil etiladi (Germaniyada), ayrim mamlakatlarda Prezidentni saylovchilar vakillari saylaydi (AQShda), ayrim mamlakatlarda Prezident xalq tomonidan bevosita saylanadi (Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston). O‘zbekiston Prezidentini saylashning Konstitutsiyaviy asosi Konstitutsiyaning 90-moddasida belgilangan. Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi mumkin. Quyidagilar: qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar; diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi. Prezidentlar ham (Jorj Vashington, Mustafo Ota Turk, Sharl De Gol), mamlakatning inqirozga uchrashiga sabab bo‘lib, xalq, jamoatchilik nafratiga uchrab, salbiy nom qoldirgan Prezidentlar ham bo‘lgan (Nikolae Chaushesku, Saddam Husayn). Shuning uchun Prezidentlikka saylanuvchilar uchun jiddiy talablar qo‘yiladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 90-moddasida O‘zbekiston Prezidentligiga saylanuvchilar oldiga qo‘yiladigan talablar belgilangan. Unga ko‘ra: • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxs saylanadi. Bu Prezidentlikka da’vogarning tegishli hayotiy tajribaga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Hayotiy tajriba bo‘lmasa, qanchalik bilimga ega bo‘linsa ham davlatni boshqarishda, kerakli qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. • Prezidentlikka da’vogar davlat tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki davlat tili mamlakat aholisining aksariyat ko‘pchiligi so‘zlashadigan til, xalq tilidir. Xalqqa rahbarlik qilish uchun uning dilidagini bilish va qalbiga kirish kerak. Qalbga esа fikrlar ona tilida bayon qilingan vaqtda yo‘l topish mumkin. Davlat boshlig‘ining og‘zidan eshitilgan so‘z xalqqa juda katta ta’sir qiladi. Xalq esа o‘zi tushunadigan tilda eshitishni ma’qul ko‘radi. • Prezidentlikka da’vogar saylovgacha kamida o‘n yil bevosita O‘zbekistonda yashagan bo‘lishi kerak. Bu bo‘lajak davlat boshlig‘i mamlakat hayoti bilan bevosita tanish bo‘lishi, mavjud sharoit, yutuqlar va kamchiliklar haqida birlamchi ma’lumotga ega bo‘lishi zarurligidan kelib chiqadi. • Va nihoyat, Prezidentlikka nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi shart. Chunki davlatni boshqarish huquqi faqat O‘zbekiston fuqarolariga tegishlidir. Bunday talablar demokratiya tamoyillariga aslo zid emas va boshqa mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling