I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
280
281
Bu holat Konstitutsiyaning 89-moddasida «O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat 
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini 
hamda hamkorligini ta’minlaydi», deb mustahkamlandi.
Prezidentning ijro hokimiyati boshlig‘i funksiyasidan 
olinishi va uning faqat davlat boshlig‘i sifatida qoldirilishi aslo 
Prezident maqomining susayishini bildirmaydi. Chunki davlat 
boshlig‘i sifatida u ijro hokimiyatini tuzishda, uning faoliyatini 
nazorat qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Prezidenti davlat boshlig‘i maqomiga ega 
ekаn, unga konstitutsiyada keng vakolatlar berilishi bilan 
birga, unga katta mas’uliyat ham yuklangan. U davlat 
boshlig‘i bo‘lganligi uchun xalq hokimiyatchiligida to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ishtirok etadi, bu Konstitutsiyaning 10-moddasida 
Prezidentning O‘zbekiston xalqi nomidan ishtirok etish 
huquqi belgilanganligida aniq ko‘rinadi.
Prezident davlat boshlig‘i sifatida:
• tashqi munosabatda ishtirok etadi;
hukumatni tuzadi;
• qonunlarni imzolaydi;
• Parlament palatalarini tarqatib yuborishi mumkin;
• sud hokimiyatini tashkil qilishda ishtirok etadi;
oliy unvonlar, orden, medallar bilan taqdirlaydi va 
qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi va 
qonunda belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.
2-§. Prezidentlikka da’vogarlarga 
qo‘yiladigan talablar
Prezident har qanday mamlakatda eng yuqori lavozim 
bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti, davlatning jahondagi o‘rni, xalqning 
turmush farovonligi uning tutgan yo‘liga bog‘liq. Tarixda 
Prezident lavozimida bo‘lib, o‘z mamlakatining taraqqiyotini 
ta’minlashga katta hissa qo‘shish orqali ijobiy nom qoldirgan 
Prеzidеnt mаqоmi u qаndаy vаzifаgа (dаvlаt bоshlig‘i, ijrо 
hоkimiyat bоshlig‘i, хukumаt bоshlig‘i) egаligigа bоg‘liq.
O‘zbekiston hali Ittifoq tarkibida turgan vaqtidayoq, 
ittifoqchi respublikalar orasida birinchi bo‘lib, Prezident 
lavozimini joriy etgan. Bu O‘zbekistonning Markazning 
roziligisiz, uning e’tirozlarini inobatga olmay qilgan katta 
siyosiy harakati edi.
Mamlakatimizda 1990-yil mart oyida Prezidentlik lavozimi 
joriy etilib, mustaqillik uchun katta qadam qo‘yildi. Bu 
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan, tarixiy voqea 
bo‘lib, O‘zbekistonning keyingi taraqqiyotining belgilanishida 
hal qiluvchi vositalardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonning amaldagi 
Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda Prezidentlik 
instituti yanada rivojlantirilib, takomillashtirilib, qonuniy 
mustahkamlandi.
O‘zbekistonning rivojlanishi, demokratik islohotlarning 
chuqurlashuvi Prezidentlik institutining ham doimiy ravishda 
takomillashib borishiga ta’sir qilmoqda. Konstitutsiyaning 
XIX bobi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» deb atalib, 
unda 9 modda (89-97-moddalar) Prezident faoliyatini tartibga 
soladi.
2003-yil 24-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga 
asosan, Prezidentning Vazirlar Mahkamasi raisi bo‘lib 
hisoblanishi bekor qilingan, uning ayrim vakolatlari Oliy 
Majlisning Senatiga o‘tadigan bo‘lsa, 2007 yil 11 aprelda 
Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
89-moddasiga, 
93-moddasining 
15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga kiritilgan 
tuzatishlar to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, Prezidentning ijro 
hokimiyati boshlig‘i funksiyasi bekor qilinib, O‘zbekiston 
Prezidenti faqat davlat boshlig‘i bo‘lishi belgilandi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling