I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
272 273 lar, palatalarning reglamentlari va xalqning umumiy urf- odatlari bilan belgilanadi. Deputatlik faoliyati turli davlatlar parlament a’zolarining maqomi o‘ziga хos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular tarixiy va milliy xususiyatlarga, davlat qonunchiligining o‘ziga xosligiga, davlatning unitar yoki federativ shakliga va boshqa xususiyatlarga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga e’tibor qaratilsa, Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining maqomi deganda, Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosining huquqlari, majburiyatlari hamda deputatlik, senatorlik faoliyatining asosiy kafolatlari tushuniladi. Professor O.T.Husanov “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunning mazmunini tahlil etib, quyidagi fikrlarni bildirgan: “Ushbu qonunda deputat maqomiga tegishli bo‘lgan barcha masalalarni kimlar deputat bo‘lishi; ularning vakolat muddatlari; deputatlikni tasdiqlovchi vositalar; deputatning Oliy Majlisdagi ishi kabi masalalarning qonuniy asosda mustahkamlanganligini; deputatning huquq va majburiyatlarini; deputatlarning saylovchilar, siyosiy partiyalar bilan olib boradigan ishlarini; deputatning parlament so‘rovini; deputat odobini o‘z ichiga qamrab olgan” 44 . O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentning shakllanishi, ular a’zolarining huquqiy holatiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Qabul qilingan huquqiy hujjatlar parlament a’zolarining faol harakat qilishlari, ularning qonunchilik jarayonida, qolaversa, xalq vakili sifatida faoliyat olib borishlariga huquqiy zamin yaratib berdi. 44 Хусанов О.Т. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий ҳуқуқи. -Т.: ТДЮУ. -2012. -Б. 234 maqsadida, 2018 yil 8-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning asosiy maqsadi sifatida, tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini takomillashtirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarishdan iborat. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling