I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
276
277
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputati va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunida 
belgilab berilgan bir qator huquqiy va moddiy-moliyaviy 
kafolatlardan foydalanadilar.
Kafolatlar mexanizmining amal qilishi nafaqat 
deputatlarning huquq va majburiyatlarini ta’minlashga, 
balki parlament a’zolari faoliyatini samarali amalga 
oshirishga qaratilgandir. Parlament a’zosi faoliyatining 
kafolatlari keng qamrovli bo‘lganligi uchun ularni maxsus 
o‘rganishimiz maqsadga muvofiqdir. Parlament a’zolari 
faoliyatining kafolatlarini quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganish 
lozim: parlament a’zosining daxlsizligi (immuniteti); mehnat 
huquqlari kafolatlari; moddiy kafolatlar (indemnitet); 
tashkiliy - ijtimoiy kafolatlar.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputati va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunining 
16-moddasiga ko‘ra, deputat va senatorning tegishli palatada 
ishlagan vaqti umumiy ish stajiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha 
ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Deputat va senatorga har yili 
36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi, 
qonun hujjatlarida ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno. Har yili mehnat ta’tili deputatga, 
qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari 
oralig‘idagi davrda beriladi. Qonunchilik palatasi tarqatib 
yuborilgan taqdirda deputatga va Senatda doimiy asosda 
ishlovchi senatorga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi 
hamda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda 
o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
haqida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga va 
boshqa bir qator huquqlarga ega.
Qonunchilikda deputat, senatorning huquqlari bilan 
bir qatorda, ularning majburiyatlari ham belgilangan. 
Deputat va senator tegishincha Qonunchilik palatasining
Senat majlislarida, shuningdek, palataning qaysi qo‘mitasi, 
komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga 
saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning majlislarida 
qatnashishi, ovoz berishda Qonunchilik palatasining, 
Senatning reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan 
ishtirok etishi shart.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qo‘mita, 
komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish 
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat, senator bu haqda 
tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, 
qo‘mita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli 
palatadan saylangan ham raisiga oldindan xabar qilishi shart.
Deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari “Kafolat” 
so‘zi (Fransuzchadan - ta’minlash) tasdiqlash, ta’minlash 
ma’nolarini anglatadi. SHu tariqa, kafolat - bu muayyan 
natijaga erishishni ta’minlovchi hodisa, vakolatlarni amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan holat va o‘z vakolatlarini amalga 
oshirishda xalq vakillarining sun’iy to‘siqlarsiz va bevosita 
ishtirok etishini ta’minlab beruvchi maxsus mexanizm. Aynan 
ma’lum bir munosabat, jarayonni ta’minlash kafolatning eng 
muhim belgisi hisoblanadi.
Ushbu holat mazkur huquqiy hodisaning sub’ektiv 
huquq, yuridik majburiyat, javobgarlik kabi boshqa huquqiy 
kategoriyalardan farqini aniqlashga yordam beradi, vaholanki, 
huquqiy hodisa o‘z ichiga olgan maqsadga erishishni 
ta’minlamasa, kafolat hisoblanmaydi.
Parlament a’zolari o‘z vakolatlari doirasida faoliyatlarini 
hech qanday sun’iy to‘siqsiz amalga oshirishlari uchun 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling