I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiya fraksiyalari hamda deputatlik guruhlarning har bir


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar


partiya fraksiyalari hamda deputatlik guruhlarning har bir 
qonun loyihasi yuzasidan o‘zining mustaqil pozitsiyasini 
bildirish imkoniyatini kafolatlab beradi.
Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganda 
Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida 
ko‘rib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi. Ko‘rib chiqish 
uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan 
qo‘mitalarga yuboriladi. Qonun loyihasini dastlabki tarzda 
muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
270
271
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va 
e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 
rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat 
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan 
tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. 
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda 
qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunni o‘z e’tirozlari 
bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga 
haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun 
ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, 
nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga 
ko‘maklashish maqsadida Qonunchilik palatasi hamda 
Senat qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tashkil etiladi. 
Ushbu ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va 
ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining 
tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini 
tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali 
mutaxassislari orasidan tuziladi. Qonunchilik palatasining 
qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va 
ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi hamda Senat 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan beigilanadi.
Qonun ijodkorligi faoliyatini yanada kuchaytirish 
Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi 
tomonidan qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan 
xulosa tayyorlaydigan mas’ul qo‘mitaga topshiriladi.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki 
rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. 
Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul 
qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining 
vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi Senat 
Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining 
kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi.
Agar Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining 
ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va 
e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. 
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat 
tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda 
rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 
rad etilgan qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Senat tomonidan rad 
etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik 
muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda 
Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan 
ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana 
ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling