I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
296 297 unvonlar, shuningdek, harbiy unvonlar berish to‘g‘risidagi farmonlar; sud tomonidan hukm qilingan fuqarolarni avf etish to‘g‘risidagi farmonlar; favqulodda holat va safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonlar va h.k. Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o‘zi tomonidan Oliy Majlis yoki boshqa davlat organini xabardor qilmasdan yoki roziligini olmasdan mustaqil chiqaradi. Prezident chiqaradigan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar Konstitutsiya va qonunlarga zid bo‘lmasligi shart. Chunki ular Konstitutsiya va qonunlar asosida, ularni bajarish maqsadida chiqariladi. Prezident chiqargan normativ hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala, zaruriyat tug‘ilganda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan hal qilinadi (Konstitutsiyaning 109-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari qonun osti hujjatlaridir. Ular Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga zid bo‘lmasligi zarur (Konstitutsiyaning 16-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aktlari respublika matbuotida rasman e’lon qilinadi. Misol tariqasida, 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotining beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi. Konstitutsiyaning 95-moddasida ta’kidlanganidek, Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek, Qonunchilik palatasi bilan Senat to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi (93-moddaning 23-bandi). Amnitsiya - jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to‘la yoxud qisman ozod qilish yoki ilgari sud tayinlagan jazoni o‘tagan shaxslarning sudlanganligini olib tashlashdir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib o‘z vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish maqsadida ko‘p qirrali huquq ijodkorligi faoliyatini yuritadi hamda ulaоni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Farmon - jismoniy va yuridik shaxslarning irodasiga taalluqli huquqiy hujjat bo‘lib, u uzoq muddat amal qiladi. Farmon - normativ huquqiy hujjat. Qaror - konstitutsiya va qonun normalarini ijrosini amalga oshirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjat. Farmoyish - individual (muayyan masalaga qaratilgan) tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir. Misol tariqasida, Farmonlar Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari bo‘yicha turkumlanadigan bo‘lsa, quyidagi tasnifni ko‘rish mumkin: fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza etuvchi farmonlar; kadrlarni tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlar; vazirlik va boshqa davlat idoralarini tuzish, qayta tuzish va tugatishga doir farmonlar; davlat nishonlari va faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling