I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


RЕJА: 1-§. Saylov huquqi va saylov tizimi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

RЕJА:
1-§. Saylov huquqi va saylov tizimi
2-§. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari.
3-§. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazish 
prinsiplari.
4-§. Saylovlarda xalqaro standartlar (andozalar) 
qo‘llanilishi hamda Xalqaro hujjat qoidalarini O‘zbekiston 
saylov qonunchiligiga implementatsiya qilish.
5-§. O‘zbekiston Respublikasida referendum va uni 
o‘tkazish tartibi.
 
1-§. Saylov huquqi va saylov tizimi
Saylov kishilik jamiyatidagi eng qadimiy tadbirlardan 
hisoblanadi. Albatta, saylovlarrii hozirgi darajadagi mazmunga 
ega bo‘lishi uchun ko‘p vaqt o‘tdi. Saylov har bir ijtimoiy 
tizimda (davrda) o‘ziga xos ko‘rinishda, mazmunda namoyon 
bo‘lgan. Masalan, quldorlik, feodal tuzum davridagi saylovlar 
kapitalizm, sotsializm davrlaridagi saylovlardan tubdan farq 
qilgan. Har bir tuzum saylov mazmun mohiyatiga ta’sir qilgan 
bo‘lsa, saylov ham o‘z navbatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir 
qilgan.
Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo‘lib, 
u kishilarni, jamiyat a’zolarini xohish-irodasini ro‘yobga 
chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz berish orqali 
namoyon bo‘ladi. Ovoz berishning esa turlari har xil bo‘lib, ular 
orasida eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo‘lgani - 
bu hokimiyat organlarini, tuzilmalarni tuzishda qo‘llanadigan 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
218
219
“Saylov huquqi” atamasi shu ikki ma’no bilan tugallanmaydi. 
U yana boshqa ma’noda ham ishlatiladi.
Birinchidan, “saylov huquqi” atamasi ma’lum bir ijtimoiy 
munosabatlarni (saylov munosabatlarini) tartibga soluvchi 
huquqiy normalar yig‘indisiga nisbatan ishlatiladi. Bunda 
saylov huquqining huquqiy institut ekanligi ko‘rinadi.
Ikkinchidan, “saylov huquqi” fuqarolarning siyosiy 
huquqlariga nisbatan ishlatiladi. Fuqarolarning saylov 
huquqi saylash va saylanish huquqidan iborat. O‘zbekiston 
Respublikasi Kоnstitutsiyasining 117-moddasida O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga 
saylash va saylanish huquqiga egadirlar, - deb belgilab 
qo‘yilgan. Demak, fuqarolarning “saylov huquqi” siyosiy huquq 
va u saylash hamda saylanish huquqining umumlashgan 
ifodasidir.
Uchinchidan, “saylov huquqi” atamasi alohida o‘quv kursiga 
nisbatan ishlatiladi. Bu o‘quv kursi saylov munosabatlarini, 
tartibga soluvchi normalarni tаlаbаlarga o‘rgatadi.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti bilan mutanosib 
ravishda huquq tizimi, huquqiy institutlar ham rivojlanib 
bormoqda. Saylov tizimini murakkab mexanizmlardan, tarkibiy 
qismlardan tarkib topgan qurilmaga o‘xshatish mumkin. Uning 
mexanizmlarining yangilanishi, takomillashuvi, ishlamay 
qolganlarini almashtirilishi, oxir-oqibatda tizim mazmuniga, 
sifatiga ta’sir qiladi.
Biror-bir mamlakatning saylov tizimi birdaniga hozirgi 
holatida vujudga kelmagan. Ularning shu vaqtdagi saylov 
tizimining vujudga kelishi uchun ko‘p vaqtlar o‘tgan, 
mablag‘lar sarflangan, ba’zi paytlarda jamiyatda to‘qnashuvlar, 
kurashlar bo‘lgan. Saylov tizimidagi umumiylik, tenglik, 
ixtiyoriylik, xohish-irodani erkin bildirish o‘z-o‘zidan yoki 
birdaniga vujudga kelmagan. Saylovlarda yosh chegarasini 
qоnunlаrdа “vаkillik tаmоyili” to‘g‘ri sоliq to‘lаsh bilаn bоg‘liq 
edi vа vаkillik uchun оvоz bеrishdа ishtirоk etmаgаn shахs 
yoki sаylаnishgа hаqli bo‘lgаn insоn, hukumаt tоmоnidаn 
himоyalаngаn vа ulаrgа ustunliklаr bеrilgаn edi. Frаnshizаni 
kеngаytirish uchun Qоnunlаr 1832, 1867, 1884, 1918, 1928, 
1948, vа 1969-yillаrdа qаbul qilingаn vа оldingi Qоnunlаr 
tаfsilоtlаri tаriхgа kеtgаn. 1918-yildа bittа frаnshizа tuzilgаn 
bo‘lib, u rаyоn sаylоv оkruglаri uchun yarаtilgаn. Аyollаr 
uchun 30 yoshdаn so‘ng оvоz bеrish хuquqi 1918-yildаn vа 
21 yoshdаn оshgаn аyollаr uchun 1928-yildаn bоshlаb аmаl 
qilingаn. Hоzirgi kundа sаylоv yoshi hаm erkаk hаm аyollаr 
uchun 18 yosh, fаqаt uni 16 yoshgаchа tushirishni tаklif 
qilishgаn.
35
Ko‘pchilik manbalarda saylov huquqiga ta’rif berishda u 
ikki ma’noda ishlatilishi hisobga olinadi va tushuncha shunga 
mos ravishda beriladi.
“Saylov huquqi” ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchisi - saylov 
huquqi saylov yo‘li bilan shakllantiriladigan davlat organlari 
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidir. 
Ikkinchisi-saylov huquqi fuqarolarning saylab qo‘yiladigan 
organlarni tuzishda qatnashish, ya’ni unga o‘zlarining 
saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tarkibini say 
lash (faol saylash huquqi) huquqlaridir. Bu ta’rifdagi saylov 
huquqi normalari saylov yo‘li bilan shakllantiriladigan davlat 
organlari faoliyatini tartibga soladi degan ta’rifga qo‘shilish 
qiyin. Chunki saylov huquqi davlat organlarini tashkil qilish 
tartibinigina belgilaydi, ularning faoliyatini esa boshqa 
huquqiy normalar, masalan, “Parlament huquqi” tartibga 
soladi.
35 Constitutional and administrative law / A. W. Bradley and K. D Ewing. 13th ed. 
Harlow, England ; New York: Longman, c2003. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling