I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
212
213
yo‘naltirib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi Raisi-hukumat boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. 
Vazirlar Kengashi Raisi Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan qilingan 
taklifiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan lavozimga 
tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakolatlari, 
uning ish tartibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa 
davlat organlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
qonunlari bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Kengashi tarkibiga: Vazirlar Kengashi Raisi, uning 
o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlari, davlat 
qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda 
boshqa organlarning rahbarlari kiradi.
Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi 
a’zolari Vazirlar Kengashi Raisining taklifiga binoan Jo‘qorg‘i 
Kenges Raisi tomonidan keyinchalik Jo‘qorg‘i Kengesning 
tasdiqlashi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod 
etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaning 
87-moddasiga asosan Vazirlar Kengashini tuzish tayinlash va 
tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, ya’ni Jo‘qorg‘i Kenges 
Raisi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarini, vazirlarni, 
qo‘mita raislarini va boshqalarni prezidium qarori bilan 
lavozimga tayinlaydi. So‘ng ular Jo‘qorg‘i Kengesda tasdiqlanadi. 
Vazirlar Kengashi - Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
hukumati - iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali 
faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari
to‘rtinchidan, tayinlanadigan organlar. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, hokimlar, vazirlar, 
ko‘mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalari 
boshliqlari.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi 
huquqiy maqomining asoslari O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
70-moddasida, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Konstitutsiyasining XX bob 86-91-moddalarida 
hamda Vazirlar Kengashi to‘g‘risidagi qonunlarda mustah-
kamlangan.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi 
Respublikaning Jo‘qorg‘i Kengesi oldida ma’suldir va unga 
hisobot berib turadi.
O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikalari o‘rtasida 
o‘zaro munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash 
uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
1999-yil 15-yanvardagi qaroriga binoan “O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakolatxonasi 
to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi. Ushbu Nizomga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy 
Vakolatxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, 
davlat qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan 
xo‘jalik hamda madaniy aloqalarni amalga oshiruvchi organ 
hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashi 
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling