I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
320 321 va boshqalar. 3-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari Har bir davlat ijro etuvchi hokimiyatining tutgan o‘rni, uning ijtimoiy vazifasi va faoliyat yo‘nalishi hamda funksiyalari ko‘lami, shuningdek, hukumat tarkibi va tuzilmalariga oid masalalarning barchasi mohiyatan bevosita unga konstitutsiya va qonunlar orqali mustahkamlab qo‘yilgan vakolatlar doirasi bilan izohlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat tizimi umumiy vakolatlar doirasidan kelib chiqqan holda har bir tarkibiy tuzilmasiga tegishli vazifalar yuklanishi bilan samarali faoliyat mexanizmiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi: samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi; fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiriing farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan etish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish; davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, «xufyona iqtisodiyot»ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; komplekslar, Bosh vazir o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining apparati, eng avvalo, uning asosiy bo‘g‘ini - axborot- tahlil departamentlari tuzilmasini takomillashtirish va ixchamlashtirish. Normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi sifatini yaxshilash, ijro intizomi darajasini oshirish, ko‘p sonli yig‘ilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qo‘yish; ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sub’ektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling