I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
326
327
hokimiyati tarkibiga kiruvchi davlat organlari ustidan 
boshqaruvni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida 
Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aynan shulardan kelib 
chiqqan holda belgilangan.
Bosh vazir:
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga 
rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan 
javobgar bo‘ladi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning 
qarorlarini imzolaydi;
xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish 
ko‘radi hamda hukumаtlararo shartnomalar va bitimlarni 
imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda 
Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi 
majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha 
qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentiga 
viloyatlar 
hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda 
lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan 
boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan 
farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda 
axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazir 
o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq 
o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli 
uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, 
vakolatlariga kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
va o‘z bo‘ysunuvidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga 
berishi mumkin.
Sakkizinchidan, Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, Vazirlar 
Mahkamasi vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoralar hamda davlat 
va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini 
nazorat qilish bo‘yicha muhim funksiyani amalga oshiradi. 
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga 
zid boigan hollarda ulami bekor qilish huquqiga ega.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Konstitutsiya hamda 
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 
Qonun normalariga asosan hukumat faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari sifatida quyidagi sohalarni ajratish mumkin: 
iqtisodiyot, ma’muriy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi 
faoliyat.
Nazariy jihatdan olganda hukumat faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlarini yanada aniqroq ko‘rsatish mumkin. Masalan, 
rus olimi M.V.Baglayning fikricha hukumat faoliyatining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: siyosiy sohadagi 
faoliyat; ma’muriy-boshqaruv sohasidagi faoliyat; qonunchilik 
sohasidagi faoliyat; tashqi siyosat sohasidagi faoliyat; 
iqtisodiyot sohasidagi faoliyat; ijtimoiy sohadagi faoliyat va 
hokazo.
Tabiiyki, Vazirlar Mahkamasining vakolatlari avvalambor, 
o‘zining faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi. 
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni namoyon qilar 
ekan, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatidan farqli ravishda, 
ijro etuvchi faoliyatini amalga oshiradi. Oliy Majlis tomonidan 
qabul qilingan qarorlar, Prezident farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek, ijroiya 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling