I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
342
343
Kengashlarida tasdiqlanishi shartligi, Kengash qarorlari, 
albatta, hokim tomonidan imzolanish tartibi o‘rnatilishi, bu 
organlar bo‘ysunish asosida emas, hamkorlik asosida ish olib 
borishini bildiradi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 
Qonunda (1-modda), hokim viloyat, tuman va shaharda oliy 
mansabdor shaxs, deb ko‘rsatilishi bilan birga, ular xalq 
deputatlari Kengashlari oldida hisobdordirlar, deb ham 
belgilangan. Shu qoida ham xalq deputatlari Kengashlari 
bilan hokimning munosabatini, ularning bir-biriga nisbatan 
mavqeyini ko‘rsatadi.
Hokim lavozimi davlat boshqaruv tizimida muhim rol 
o‘ynashi e’tiborga olinib, ularning vakolat muddati, lavozimga 
tayinlash va ozod qilish tartiblarini belgilovchi asosiy 
qoidalar Konstitutsiyada belgilangan. Konstitutsiyaning 
101-moddasida xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning 
vakolat muddati besh yil, deb belgilangan. Bu muddat hokim 
shu еrdagi sharoit bilan to‘la tanishishi, ish uslubi va qobiliyati 
qanday darajada ekаnligi, faoliyatining natijalariga baho 
berishi uchun еtarli bo‘ladi. Shu muddatda rahbar o‘zining 
barcha qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la namoyon qila 
olishi mumkin. Konstitutsiyaning 102-moddasida viloyatlar
Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlarini lavozimga 
tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibini belgilaydi.
Xalq deputatlari Kengashi Prezident tomonidan taqdim 
etilgan nomzodlarni uch marta rad etsа, ya’ni tasdiqlamasa, 
Prezident hokim vazifasini bajaruvchi tayinlash, tegishli xalq 
deputatlari Kengashlarini tarqatib yuborish huquqiga ega.
2011-yil 18-aprelda Prezident tomonidan imzolangan 
“Konstitutsiyaning ayrim moddalariga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan viloyat 
va Toshkent shahar hokimini tayinlashga doir yangi holat 
kiritildi. Unga asosan, Konstitutsiyaning 93-modda 15-bandi 
quyidagicha bayon qilindi: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
Bu mahalliy vakillarga ishonch, e’tiborni ko‘rsatadi. Buning 
natijasida, aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi 
o‘rni yanada kengayadi.
Hozirgi kunda Oliy vakillik organi - Oliy Majlis bilan xalq 
deputatlari Kengashlarining o‘zaro aloqasini kuchaytirish 
orqali vakillik demokratiyasini yanada kuchaytirish davlat 
qurilishi sohasidagi asosiy vazifalardan bo‘lib turibdi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling