I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

4-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Mаmlаkаtimizdа аmаlgа оshirilаyotgаn kеng ko‘lаmli 
islоhоtlаrning hоzirgi bоsqichidа siyosiy jаbhаdаgi 
yangilаnishlаrning аsоsiy yo‘nаlishi ijtimоiy hаyotning 
bаrchа sоhаlаrini dеmоkrаtlаshtirishgа, хаlqimiz turmush 
tаrzining yanаdа fаrоvоnlаshuvigа, rеspublikаmiz оbоdligi 
vа tаrаqqiyotini tа’minlаshgа, Vаtаnimizning оbro‘-e’tibоrini 
yanаdа yuksаltirish, аyniqsа, yosh аvlоdni tаrbiyalаshgа 
хizmаt qilishgа qаrаtilgаndir.
Shuningdеk, O‘zbеkistоn Rеspublikаsining rivоjlаnishidа 
dаvlаt bоshqаruvidа hаmdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni аmаlgа 
vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini va 
Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda 
lavozimidan ozod etadi”. Bu еrda hokimlarning Prezident 
tomonidan tayinlanishi haqida gap ketmoqda. Tuman va 
shahar hokimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilish tartibini 
belgilovchi konstitutsiyaviy normalar o‘zgarishsiz qoldirildi. 
Konstitutsiyaning 102-moddasi normalariga asosan, tuman 
va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq 
deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy hokimiyat organlari - xalq deputatlari Kengashlari 
va hokimlar joylardagi davlat hokimiyatining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. 
Mahalliy davlat organlari joylarda davlat vazifalarini 
amalga oshiradi. Ularning ixtiyoriga berilgan vazifalar 
Konstitutsiyada aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, «Mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunda ana shu vazifalarni amalga 
oshirish uchun еtarli darajada vakolatlar belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 100-moddasiga asosan, mahalliy 
hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagi vazifalar kiradi:
1) qonuniylikni, huquq-tartibotni va fuqarolarning 
xavfsizligini ta’minlash; 
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
3) mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish
mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari 
jamg‘armalarni hosil qilish;
4) mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
5) atrof-muhitni muhofaza qilish; 
6) fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash.
Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunlarga zid 
kelmaydigan boshqa vazifalarni ham vakolat doirasida 
amalga oshiradilar. Konstitutsiyaning 101-moddasiga asosan, 
mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling