I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
360 361 bir-birini tiyib turishga va nazorat qilishga yo‘l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qodida hokimiyatning to‘planishiga imkon bermaydigan davlat hokimiyatining organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar tartibi o‘rnatiladi. Hokimiyatning har bir tarmog‘i (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) mustaqil va o‘z vakolatlarini amalga oshirishda erkin hisoblanadi, hokimiyatning hech qaysi tarmog‘i hokimiyatning boshqa tarmog‘i vazifalarini o‘z zimmasiga yuklatishga haqli emаs. Barcha davlat organlari o‘z vakolat doirasida faoliyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga, hokimiyatning barcha tarmoqlari bir-biriga bog‘liqdir, ular birgalikda harakat qiladilar va yaxlit davlat mexanizmini vujudga keltiradilar. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dаn оrtiq hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylandi. 61 . Yurtimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohoti fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda huquq va sud hokimiyatining birligini ko‘zda tutadi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolalarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va iqtisоdiy qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilgan. 61 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 майдаги “Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси кабул килинганининг 70 йиллигига бағишланган тадбирлар Дастури тўғрисида”ги Фармони // “Халқ сўзи”, 2018 йил 9 май Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling