I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

3-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar 
tizimi, tashkil qilish tartibi, vazifasi
Sud hokimiyatining eng asosiy vazifasi - odil sudlovni 
amalga oshirishdir. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
3-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov 
faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Bu odil sudlov sud 
hokimiyatining mutlaq vakolati ekanligini anglatadi.
Odil sudlov - bu qonun va u bilan belgilangan tartib-
tamoyilga qat’iy rioya qilgan holda sudlar tomonidan jinoyat, 
fuqarolik, iqtisоdiy ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha 
huquqni muhofaza qilish faoliyatining turidir.
Odil sudlovning Konstitutsiyaviy prinsiplari - bu sud 
ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlarini, xarakterini, 
mazmun-mohiyatini, tashkil etilishi tartibini belgilovchi 
Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqiy qoidalardir.


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
376
377
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy 
xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi 
kafolatlanadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan.
7. Aybsizlik prezumptsiyasi. Konstitutsiyaning 26-moddasi 
birinchi qismida “Jinoyat sodir etgan likda ayblanayotgan har 
bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib 
chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. 
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun 
barcha sharoitlar ta’minlab beriladi”, deb mustahkamlab 
qo‘yilgan.
Aybsizlik prezumpstsiyasi (lotin tildagi “presumtion” - 
“taxmin” so‘zidan kelib chiqqan) shaxs huquqlari himoyasini 
ta’minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning 
oldini oluvchi jinoyat protsessining muhim demokratik 
prinsiplaridan biri hisoblanadi.
8. Gumon qiiinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini 
himoyalanish huquqi bilan ta’minlash. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida “Ayblanuvchi 
himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini 
yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam 
olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa 
va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura 
faoliyat ko‘rsatadi” deb mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-modda-
siga asosan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi — fuqarolik, 
jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yuritish sohasida sud 
hokimiyatining iqtisodiy oliy organi hisoblanadi».
Oliy sud quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat 
olib borishi Konstitutsiyaning 110-moddasida belgilangan. 
Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va 
mamlakatning barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oliy 
sudning tarkibi O‘zbekison Prezidenti tomonidan taqdim 
qilinib, Senat tomonidan saylanadi. 
ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida 
tеng ekanligi belgilangan bo‘lsa, 46-moddada “Xotin-qizlar va 
erkaklar tеng huquqli ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
4. Barcha sudlarda ishlarning oshkora ko‘rilishi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida va “Sudlar 
to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida hamma sudlarda ishlar 
ochiq ko‘rilishi, ishlaini yopiq majlisda tinglashga qonunda 
belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yilishi belgilangan.
Sud ishlarining oshkora ya’ni ishdan bevosita manfaatdor 
bo‘lmagan jamoatchilik uchun ochiq tarzda amalga oshirilishi 
sud protsessida biror ishtirokchi huquq yoki qonuniy 
manfaatining yashirin tarzda buziiishining oldini olish, sud 
jarayoni ustidan jamoatchilik kuzatuvini ta’minlash uchun 
joriy qilingan qoidadir.
5. Sud ishlari yuritiladigan til. Konstitutsiyaning 
115-moddasiga va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-moddasiga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini 
yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi 
ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari 
olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi 
shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la 
tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda 
ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi”.
6. Sud himoyasida bo‘lish huquqini ta’minlash. Mazkur 
prinsip halqaro huquq normalaridan kelib chiqqan. Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida har bir 
insonning unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy 
huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan 
bu huquqlaming samarali tiklanishi huquqiga egaligi 
mustahkamlangan. Bu huquq esa, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq 
va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling