I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
3-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar
tizimi, tashkil qilish tartibi, vazifasi Sud hokimiyatining eng asosiy vazifasi - odil sudlovni amalga oshirishdir. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Bu odil sudlov sud hokimiyatining mutlaq vakolati ekanligini anglatadi. Odil sudlov - bu qonun va u bilan belgilangan tartib- tamoyilga qat’iy rioya qilgan holda sudlar tomonidan jinoyat, fuqarolik, iqtisоdiy ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish faoliyatining turidir. Odil sudlovning Konstitutsiyaviy prinsiplari - bu sud ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlarini, xarakterini, mazmun-mohiyatini, tashkil etilishi tartibini belgilovchi Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqiy qoidalardir. KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ 376 377 mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan. 7. Aybsizlik prezumptsiyasi. Konstitutsiyaning 26-moddasi birinchi qismida “Jinoyat sodir etgan likda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Aybsizlik prezumpstsiyasi (lotin tildagi “presumtion” - “taxmin” so‘zidan kelib chiqqan) shaxs huquqlari himoyasini ta’minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining muhim demokratik prinsiplaridan biri hisoblanadi. 8. Gumon qiiinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida “Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi” deb mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-modda- siga asosan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi — fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining iqtisodiy oliy organi hisoblanadi». Oliy sud quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borishi Konstitutsiyaning 110-moddasida belgilangan. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va mamlakatning barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oliy sudning tarkibi O‘zbekison Prezidenti tomonidan taqdim qilinib, Senat tomonidan saylanadi. ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tеng ekanligi belgilangan bo‘lsa, 46-moddada “Xotin-qizlar va erkaklar tеng huquqli ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. 4. Barcha sudlarda ishlarning oshkora ko‘rilishi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘rilishi, ishlaini yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yilishi belgilangan. Sud ishlarining oshkora ya’ni ishdan bevosita manfaatdor bo‘lmagan jamoatchilik uchun ochiq tarzda amalga oshirilishi sud protsessida biror ishtirokchi huquq yoki qonuniy manfaatining yashirin tarzda buziiishining oldini olish, sud jarayoni ustidan jamoatchilik kuzatuvini ta’minlash uchun joriy qilingan qoidadir. 5. Sud ishlari yuritiladigan til. Konstitutsiyaning 115-moddasiga va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi”. 6. Sud himoyasida bo‘lish huquqini ta’minlash. Mazkur prinsip halqaro huquq normalaridan kelib chiqqan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida har bir insonning unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlaming samarali tiklanishi huquqiga egaligi mustahkamlangan. Bu huquq esa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling